date

Bavariya Upamkano va Real haqida izoh berdi


Bavariya sport direktori Kristof Froʻynd markaziy himoyachi Dayo Upamekanoning Madridning Real jamoasiga oʻtishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Myunxen klubi hozircha fransiyalik futbolchini kelasi yil yozda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishga ishontira olgani yoʻq.

Matbuotda tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchi Real jamoasiga erkin agent sifatida oʻtishga ogʻzaki rozilik bildirgan. "Biz Upamekano bilan yangi shartnoma boʻyicha muzokaralar olib bormoqdamiz.

U Bavariyada oʻzini juda qulay his qilmoqda. Balki u boshqa klublar uchun qiziq boʻlishi mumkin, biroq bizning maqsadimiz – uni saqlab qolish uchun barcha choralarni koʻrishdir", – deya Kristof Froʻyndning soʻzlarini keltiradi jurnalist Fabrichio Romano.

Dayo Upamekano 2021-yildan beri Bavariya safida toʻp suradi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, uning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bavariya Upamkano va Real haqida izoh berdi