Toshkentda uy yong'ini sodir bo'ldi

Toshkentda uy yong'ini sodir bo'ldi
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Olmazor tumanida yong'in sodir bo'ldi. Joriy yilning 7-noyabr kuni soat taxminan 18:40da boshqarma dispetcherlariga ushbu hodisa haqida xabar kelib tushgan.

Yong'in poytaxtning Olmazor tumanidagi "Shifokorlar" mahallasida joylashgan xonadonda yuz bergan. Voqea joyiga 9 daqiqa ichida yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, olovga qarshi kurashni boshlagan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in to‘liq soat 19:12da bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Yong‘in natijasida xonadonning 30 kvadrat metr maydoni, shuningdek, maishiy texnika va mebellar zarar ko‘rgan. Hozirda yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar