date

Sandro Tonali Milanni sogʻinyapti


Italiyalik yarim himoyachi, hozirda Angliyaning "Nyukasl" klubida toʻp surayotgan Sandro Tonali, avvalgi jamoasi "Milan"ga qaytishni xohlaydi. Bu haqda "Corriere della Sera" nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 25 yoshli futbolchi "Milan"da oʻynagan davrlarini sogʻinmoqda. Shuningdek, "Yuventus" klubi ham Tonalini oʻz safiga qoʻshib olishni istayotgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, futbolchining "Nyukasl" bilan shartnomasida bekor qilish imkoniyati nazarda tutilmagan. Eslatib oʻtamiz, Tonali 2021 yil yozida "Milan"dan "Nyukasl"ga koʻchib oʻtgan edi.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 14 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Tonali "Nyukasl" bilan 2028 yilgacha shartnoma tuzgan va uning transfer qiymati "Transfermarkt" portali maʼlumotlariga koʻra, 75 million yevroga teng.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sandro Tonali Milanni sogʻinyapti