7 599
Endi to‘yda mehmonlar 200 kishidan oshmaydi, xonandalardan tortib, ichimliklar sonigacha hisob beriladi (Video)
3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijodkorlar bilan o‘tgan uchrashuvda to‘y-hashamlar va ulardagi ortiqcha dabdaba, “kelinnavkar” haqida aytgan fikrlaridan keyin, bu mavzu kunning eng dolzarb muhokamasiga aylandi. Mana 10 kundirki, televidenie, ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘y-hashamlarni o‘tkazish borasida bahs-munozaralar qizigandan qizimoqda.
Shavkat Mirziyoyev bunday marosimlardagi ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqartirish lozimligini bejizga bot-bot ta’kidlamayapti. Bu masala ancha yillardan buyon muhokama markazida bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda Evropaga taqlid qilgan holda to‘ylarda turli udumlarning paydo bo‘lishi, ortiqcha dabdali odatlarning ko‘payishi avj olmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 11 avgust kuni Olmaliq shahriga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Mazkur tashrif davomida davlat rahbari to‘y mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdi hamda marosimn o‘tkazishning “Olmaliq shahar tajribasi”ni taqdim etdi.
Bobur mahallasi hududida FHDYo binosi qad rostlashi va bu markazlashgan darcha bo‘lishini ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev FHDYo bo‘limining yangi vazifalari haqida quyidagilarni so‘zladi:
“Endi FHDYo bo‘limi mudirasi faqatgina ro‘yxatga olib yurmaydi, bu bino ichida ham 200 kishiga mo‘ljallangan to‘y qiladigan joy bo‘ladi. To‘yda necha nafar xonanda bo‘ladi, qancha ichimlik bo‘ladi, qancha harajat qilinadi – nazorat qiladi. To‘y qilmoqchi bo‘lganlarga aytadi: mana shunday to‘y qilsangiz, marhamat ruxsat beramiz, bo‘lmasa boring Toshkent shaharga borib to‘y qiling, deydi. Qaysi FHDYo bo‘limi, qaysi hokim biz qabul qilgan qaror bo‘yicha to‘y qilmasa, javobgarlikka tortiladi.
Unda 2 ta kitob, 4 ta she’r o‘qiydi. Unda evropacha odam eshitmaydigan har xil diskoteka qo‘shiqlar bo‘lmaydi. Odam tushunadigan ashulalar aytiladi. FHDYo mudirasi qo‘l qo‘ydimi, shu to‘y uchun javobgar bo‘ladi. Qaerda qoidalarga mos kelmaydigan to‘y bo‘lsa, ketadi ishdan. Porasini olib, ro‘yxatdan o‘tkazadigan zamon o‘tib ketdi. Agar shunday qilmasak, bu illat yaxshi manfaatga olib kelmaydi, ertangi siyosatimizga ham ta’sir qiladi”.
Shavkat Mirziyoyev bunday fikrlarni so‘zlar ekan, asosiysi yoshlarning baxti ekanligini ta’kidladi. “Dabdali to‘y o‘tkazib, oradan biroz vaqt o‘tib, er-xotin ajrashib ketsa, bolalarning taqdirini kim o‘ylaydi?”, degan dolzarb savolni o‘rtaga tashladi. Prezident taklif etgan “Olmaliq shahar tajribasi” loyihasi xalq tomonidan olqishlar bilan kutib olindi, uning samarasini vaqt o‘tib ko‘rishimiz mumkin.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar