Avvalroq, Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida zamonaviy va yuqori texnologiyali madaniy va ko‘ngilochar bog‘ qurilishi haqida xabar bergan edik, deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Bog‘ kecha, 18 sentyabrdan yopilishi hamda 1 oktyabrga qadar bog‘ hududidagi binolar buzilishi haqida ma’lum qilingan edi. 1 noyabrda esa bog‘ hududi uzoq muddatli ijara uchun investorga topshirilishi aytib o‘tilgan edi.
Yangi bog‘da “Amerika arg‘imchog‘i” attraksioni, bolalar avtodromi, interaktiv poyezd, labirint, serfing bilan shug‘ullanish uchun sun’iy to‘lqinli suv inshooti, delfinariy ochilishi rejalashtirilgan edi.
Delfinariyning qurilishi yaxshidir, insonlarni tabiatga yaqin qiladi, biroq ushbu holat delfinlarni tabiatdan uzoq qiladi, ularni tutqinlikka mahkum etadi.
Kishilar delfinariy deganda, delfinlarni ko‘rganda qanchalik quvonishlari va farzandlarining hayqirig‘ini tasavvur qilib ko‘radilar va uning ochilishini bajonu dil istaydilar.
Delfinariylar haqida fikr yuritganda, ko‘pchilik o‘zbekistonliklarning fikri salbiy. Ular tabiatning ushbu go‘zal jonzotini qiynoqqa solish va qafasda saqlashga qarshi fikr bildirmoqdalar.
Aslida esa sun’iy suv havzasida delfinlarni tutqinlikda ushlab turish tabiatga nisbatan jinoyatdir. Har qanday basseyn, delfinariy delfinlar uchun haqiqiy qamoqxonadir.
“Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, delfinlar ochiq dengizda kuniga 150 kilometr masofani suzib o‘tadi, harakatlanish maydoni 85 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Tabiiy sharoitda ular o‘rtacha 30 yil umr ko‘radilar.
Biroq biz qurishni rejalashtirayotgan sun’iy suv havzasida ular 5 yildan sal ko‘proq umr ko‘radilar. Bunga sabab sifatida delfinariyda tabiiy dengiz suvi emas, sun’iy sho‘rlangan suvdan foydalanilishi, delfinlar bor yo‘g‘i 80dan 300 kvadrat metr hududda yashashga majbur qilinishi, tor va sayoz basseynda delfinlarning tabiiy exolokatori ishlamasligi, suvga solingan turli kimyoviy moddalar tufayli delfinlar ko‘zining xiralashishi, jonzot boshi bilan basseyn devoriga urilishini keltirib o‘tish o‘rinli.
Eng yomoni, delfinlarni qo‘lga o‘rgatishda ular och saqlash usulidan foydalaniladi.
To‘g‘ri, zoopark va sirkda ham hayvonlar tutqunlikda boqiladi, ochlik usulidan foydalanib ayrim shartli reflekslar paydo qilinadi. Bolalarning yovvoyi tabiat haqidagi tushunchalari ko‘proq zoopark, sirk va delfinariy kabi majmualarda shakllanadi.
Biroq gap boshqa yoqda...
Toshkent shahrida Milliy bog‘ hududida tashkil etilishi borasida turli fikrlar yangramoqda.
Taniqli diplomat, professor Alisher Fayzullev ham Milliy bog‘ning texnoparkka aylantirilishi masalasida o‘z shaxsiy yondashuvlarini bergan.
Olim Milliy bog‘ni nevara va chevaralarga boricha qoldirishga chaqirgan. Ushbu bog‘ning xalq boyligi sifatida e’tirof etib, kelajakda avlodlar poytaxt markazidagi yashillikdan bahra olishlari uchun uni saqlab qolishga chorlagan.
Sobiq elchi Milliy bog‘ masalasida qonun qabul qilishni deputatlarga taklif qilgan. Uning e’tirofida jon bor, takliflari o‘rinli.
Biroq bu tarozining ikkinchi pallasiga qo‘yilgan toshlar...
Birinchi pallasida esa Milliy bog‘ni zamonaviy texnoparkka aylantirish, uning ortida uzoq muddatli ijara uchun investorga topshirilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, madaniy hayot tarkibidagi ko‘ngilochar inshootlarga bo‘lgan aholi talabini qondirish, ma’lum miqdorda davlat va jamiyatga daromad keltirish masalalari mavjud.
Aziz o‘quvchi, Siz bu masalada qanday fikrdasiz? “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi