date
Add

Toni Kroos: «Barsa» uslubi go‘zal, ammo Yevropada tavakkal ko‘p...

Toni Kroos: «Barsa» uslubi go‘zal, ammo Yevropada tavakkal ko‘p...

Sobiq «Real» maestrosi Toni Kroos raqib an’anaviy yo‘nalishidan yillar davomida voz kechmay kelayotgan «Barselona»ning o‘yin uslubini darajali baho bilan tilga oldi. Uning aytishicha, kataloniyaliklar Yevropadagi eng ko‘zga yaqqol, eng tomoshabop futbolni namoyish etadi — hatto, eng jozibalisi deyish mumkin.
Shu bilan birga, Kroos ushbu go‘zal uslubda xavfli qirra ham borligini eslatdi: agar Lamin Yamal, Pedri yoki Rafinya kabi ijodkorlar «omadsiz kun»ni boshdan kechirsa, istalgan kuchli raqib «Barsa»ga jiddiy bosh og‘riq yaratishi, hatto Chempionlar ligasida musobaqadan chiqarib yuborishi ehtimoldan xoli emas.
Germaniyalik xavbekning nazaricha, bunga o‘tgan mavsum «Inter»ga qarshi yarim finaldagi vaziyat yorqin misol bo‘lgan. Uning fikricha, joriy mavsumda ham shunga o‘xshash ssenariy takrorlanishi mumkin — nokaut bosqichida birgina past temp yoki xato qimmatga tushadi.
Biroq La Liga doirasida bu xavf kamroq seziladi. Chunki uzoq mavsum davomida «Barselona» o‘zining to‘p nazorati, pozitsion ustunligi va chuqur zaxirasi bilan raqobatda mutlaqo ustunlikni saqlab qoladi. Kroosga ko‘ra, ligadagi barqarorlik «blaugrana»ni maqsad sari yetaklaydi, Yevropada esa har bir mayda-chuyda detal ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toni Kroos: «Barsa» uslubi go‘zal, ammo Yevropada tavakkal ko‘p...