date

Turkiyada Jasminning noqonuniy faoliyati fosh qilindi

Turkiyada Jasminning noqonuniy faoliyati fosh qilindi

29 sentyabr kuni Istanbul shahrida 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi mahalliy politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Shu jumladan, mashhur bloger “Jasmin” ham ushlanib, 30 sentyabr kuni Maltepe yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirilgan. Ushbu voqea Turkiyada keng e’tibor qozondi.

Mazkur shaxslar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda. Politsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tintuv tadbirlari davomida olingan ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilgan.

Hozirda tergov jarayoni davom etmoqda. Tergov organlari jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash va noqonuniy faoliyatning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyada Jasminning noqonuniy faoliyati fosh qilindi