date

O‘zbekistonlik ayol o‘zini Shoyguning qarindoshiman deb aytib moskvaliklarni millionlab rublga chuv tushirdi

O‘zbekistonlik ayol o‘zini Shoyguning qarindoshiman deb aytib moskvaliklarni millionlab rublga chuv tushirdi

Moskvada huquq-tartibot organlari o‘zbekistonlik Shere Shoygu va uning familiyasini olgan turmush o‘rtog‘ini firibgarlikda gumon qilib, tergov olib bormoqda. Ularning 100 million rubldan ortiq mablag‘ni kriptovalyuta birjasiga sarmoya kiritish bahonasida o‘zlashtirgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda TASS agentligiga uch nafar jabrlanuvchining advokati Said Yarahmedov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, aldanib qolgan moskvaliklar soni va o‘g‘irlangan pul miqdori hozirda hisoblanganidan ikki baravar ko‘p bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

“Biz huquqni muhofaza qiluvchi organlarga Shere Shoygu va uning turmush o‘rtog‘iga nisbatan, familiyasini o‘zgartirgan holda firibgarlik sodir etilishi bilan bog‘liq tergov o‘tkazish va jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqida ariza topshirdik”, dedi jabrlanuvchilar himoyachisi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gap moskvaliklarni kriptovalyuta birjasiga sarmoya kiritishni va’da qilish orqali aldaganlik haqida ketmoqda. 27 yoshli Sherexon Usmonova pasport ma’lumotlarini Shere Shoygu nomiga o‘zgartirib, o‘zini Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguning jiyani sifatida taqdim qilgan va jabrlanuvchilarning pullari bilan g‘oyib bo‘lgan.

“Hozircha jinoyatchilar harakatlari oqibatida yetkazilgan zarar 100 million rubl atrofida baholanmoqda, ammo epizodlar soni va umumiy zarar miqdori ikki baravar ortishi mumkin”, deb ta’kidladi advokat Yarahmedov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik ayol o‘zini Shoyguning qarindoshiman deb aytib moskvaliklarni millionlab rublga chuv tushirdi