Samarqand shahrida shogird ustozini pichoq bilan o‘ldirib, keyin uyiga yong‘in qo‘ygani haqida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqandning “Sayqal” mahallasida avtomobil ta’mirlovchi usta hamda uning akasi o‘z uyida shogird tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan.
Shundan so‘ng, shaxs uydagi seyfni buzib, 23 ming dollar, tilla taqinchoqlar va qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketgan. U xonadonda qotillik izlarini yo‘q qilish maqsadida yong‘in qo‘ygan.
Yong‘in oqibatida uyga taxminan 720 million so‘mlik moddiy zarar yetgan.
Fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha 20-yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, bu holatdan avvalroq Farg‘onada qaynotasi va xotinini pichoqlab o‘ldirgan erkakka ham sud hukmi chiqarilgan edi. Uning holatida esa og‘ir darajada depressiv epizod va psixotik simptomlar aniqlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!