Har qanday bino va maydonlarga imorat qurish hamda undan foydalanish uchun maxsus tashkilotlar ruxsatini olish zarur. O‘zboshimchalik bilan barpo etilgan bino esa kun kelib sud tomonidan noqonuniy deb topilishi va buzdirilishi mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining ijro hujjatiga binoan Paxtaobod tumani, Shomat mahallasidagi uy-joyning yo‘lak qismida qurilgan 24.48 kv.metr poydevor hamda 40X40 o‘lchamdagi 3 ta ustun javobgar hisobidan buzdirilishi belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Paxtaobod tuman bo‘limi mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash, noqonuniy egallangan yer maydonini o‘z egasiga qaytarish maqsadida majburiy ijro harakatlari olib bordi.
Majburiy ijro harakatlari davomida noqonuniy ravishda qurilishi boshlangan poydevor buzdirilib, yer maydoni qonuniy egasi ixtiyoriga qaytarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!