date

Toshkentga mingdan ortiq yangi avtobus va elektrobuslar keltiriladi

Toshkentga mingdan ortiq yangi avtobus va elektrobuslar keltiriladi

Transport vazirligi ma’lumoticha, 2026-yil yakuniga qadar poytaxtga jami 1200 ta yangi avtobus va elektrobus olib kelinadi.

Joriy yil oktyabrda “Toshshahartransxizmat” 200 ta 12 metrli elektrobusni qabul qilib oladi. Ular asosida to‘rtta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi.

2026-yilda yana mingta avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan. Ulardan 30 tasi 18 metrli, 500 tasi 12 metrli, 470 tasi esa 9 metrli bo‘ladi. Yangi transport vositalari 48 ta yo‘nalishda harakatlanadi.

Yangi avtobuslar uchun Yangi Toshkent hududida uchta avtosaroy quriladi. Loyiha amalga oshsa, shaharda jami 2891 ta avtobus harakatlanadi va yillik 750 million yo‘lovchi tashiladi.

Bundan tashqari, turizm ko‘chalari orqali kechki 22:00 dan 06:00 gacha harakatlanadigan 15 ta tungi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda O‘zbekiston Yutong va King Long kompaniyalaridan 1000 ta avtobus va elektrobus xarid qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentga mingdan ortiq yangi avtobus va elektrobuslar keltiriladi