Jahonda 2025 yil boshidan buyon chikungunya bezgagi bilan kasallanish holatlari keskin ko‘paydi, deb ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST). Tashkilot xabariga ko‘ra, bu yilgi holatlar soni 445 mingdan oshib, kasallikdan 155 kishi vafot etgan.
JSST mutaxassislari chikungunya virusining dunyo bo‘ylab yanada keng tarqalish ehtimolini yuqori deb baholamoqda. Kasallik hozirgacha kamida 40 ta mamlakatda qayd etilgan.
2025 yilda bezgak, ayniqsa, Amerika qit’asida tez yoyilgan — 100 329 ta tasdiqlangan va 228 591 ta taxmin qilingan holat aniqlangan, 115 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Yevropada 56 456 ta holat ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 40 tasi o‘lim bilan tugagan. Janubi-Sharqiy Osiyoda esa 3 420 tasdiqlangan va 21 299 ta taxmin qilingan holat qayd etilgan.
Chikungunya — isitma, bo‘g‘im va mushak og‘riqlari, toshma va charchoq bilan kechadigan bezgak turidir. Kasallik tashuvchilari Aedes aegypti va Aedes albopictus turiga mansub chivinlar bo‘lib, ular Denge bezgagi virusini ham tarqatishi mumkin.
Chikungunya bezgagi dunyo bo‘ylab tez tarqalmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar