22:55 / 01.01.2018
5 711

Kim nimani yaxshi ko‘rar?

Kim nimani yaxshi ko‘rar?
Ehtimol, bizning xalq ilmu ma’rifatni, tarbiya va ta’limni, xunar va sanoatni yaxshi ko‘rar, deb o‘ilaydurg‘ondursiz? Yo‘q, bu fikringiz yonglish.
Eshonlarimiz toat va ibodat, pandu nasihat, zikru tasbeh o‘rnig‘a to‘ylardan to‘n kiyub, ko‘b oshab, ko‘p uxlashni yaxshi ko‘rurlar.

Ulamo-larimiz darsu ta’lim o‘rnig‘a, bir-birlari ila o‘run tala-shib, mukarrir va mudarris bo‘lishni, o‘zlari bo‘lolmay qolsalar, eshikma-eshik yurub saylovni buzishni yaxshi ko‘rurlar.

Imomlarimiz, xaloyiqg‘a va’z va nasihat o‘rnig‘a, to‘y va janozalarda yurub, joma kiyishni yaxshi ko‘rurlar.

Boylarimiz orqa-o‘nglarig‘a qaramasdan, foyda va zararlarini oyirmasdan bir-birlarig‘a raqobat qilaman deb, «bonka» va «kridit»larini ko‘payturub, do‘ffilari tor kelganda rus va yaxudiylarning mollarini bukub-sinishini yaxshi ko‘rurlar.

Mo‘ysafidlarimiz namoz va niyoz o‘rnig‘a, masjid eshigiga yig‘ilub o‘turub, har kimni g‘iybat va shikoyat qilishni yaxshi ko‘rurlar.

Muallimlarimiz bir-birlaridan qizg‘onishub, bolalarni arzon o‘qitaman deb, bir o‘zlariga yuz, yuzdan ortuq bola yig‘ub, o‘zlari to‘y va ma’rakalarda bolalarning umrini bekor o‘tkarishni yaxshi ko‘rarlar.

Savdogarlarimiz: «To‘ylikni to‘yi o‘tar, to‘ysizni kuni o‘tar» degan so‘zga amal qilmay, qaysi mahallada to‘y bo‘lsa, dasturxonchilik qilishni yaxshi ko‘rurlar.

Muaz-zinlarimiz azonni yaxshilab adoyi maxraj qilub aytishni o‘rganmay, bir joyda to‘y bo‘lub qolsa, «Falonchiniki-ga oshga-ho!» deb qiroat ila qichqirishni yaxshi ko‘rurlar.

Do‘kondorlarimiz ishlarini tartib-la solmay, zamonag‘a muvofiq ish yuritmay, Mallaxon zamonidan qolg‘on eski do‘kon, eski tos, eski tartiblarini yaxshi ko‘rurlar. Onalarimiz bilim va tarbiya o‘rnig‘a erlari ila urushub-talashub qizlarig‘a mol qilmakni yaxshi ko‘rurlar.

Otalarimiz bola-larig‘a o‘qutmak va ta’lim bermak o‘rnig‘a «O‘g‘lum emdi kattakon yigit bo‘lding, shuncha o‘quganing yetar, pul top!» — deb «tashishka» — hammollik qildirishni yaxshi ko‘rurlar.

Kosiblarimiz bir-biridan mollarini arzon sotaman deb, tezgina yirtiladurg‘on, tikishlar undan urub, mundan chiq-on, suvni yetti chaqirim yerdan chaqiradurg‘on mahsi va etik-lar tikub, sotishni yaxshi qo‘rurlar.

Zargarlarimiz yigir-ma tiyinlik kumush, o‘n tiyinlik tillo orasig‘a mum va saqichlar joylab, ismini qiz hayron, zebigardon qo‘yub besh-o‘n so‘mga sotishni yaxshi ko‘rurlar.

Tabiblarimiz dol-chin, zanjabil, hubbul malik, filfil kabi bir necha at-torni qutisida yo‘q narsalardan murakkab doru va ma’-junlar yasab, bechora nodon xalqni pulini olishni yaxshi ko‘rurlar.

Mashshoq va hofizlarimiz to‘y va bazmlarga bir mardakni(ng) ismini bachcha qo‘yub, o‘zlari ila barobar olib yurub, «milliy adabiyot» o‘rnig‘a «Xonim yalola, begim yalo-la» deb bachchaga tashlanayotgan pullarni bo‘lub olishni yaxshi ko‘rurlar.

Savodxonlarimiz jarida va jurnallar, tarix va ro‘monlar o‘rnig‘a Daqyonus zamonidan qolg‘on, xurofotlar ila to‘lg‘on «Andog‘ urdilarki, gard-gard bo‘lub ketdi», deb loflar yozilg‘on kitoblarni og‘izlarini qufurturub o‘qumoq-ni yaxshi ko‘rurlar.

Yigitlarimiz milliy majlis va suhbatlar o‘rnig‘a to‘kma va samavarlarda, rasta va do‘konlarda o‘lturub, «Falonchining o‘g‘li xo‘b yaxshi bola bo‘lubdur, kecha falonchining mehmonxonasig‘a qamab, qiyqirtirub bazm qilduk. Emdi falonchining o‘g‘lini(ng) ham bir bazm qil-sak, dunyodan armonsiz ketar eduk» deb, islomiyatdan uzog‘ insoniyat nomiga yarashmagan ishlarni qilmoq va so‘zlashmoqni yaxshi ko‘rurlar.

Yoshlarimiz ilm va ma’rifatli bo‘lishni, hunar, san’at o‘rgonishni o‘rnig‘a, o‘zlariga zeb berub tor shim ila kalta kamzul, qotirma yoqalarga bino qo‘yishni yaxshi ko‘rurlar.

Ishchilarimiz ilm va xunardan maxrumligi sababli boshqa millatlar ilmu ma’rifatlari soyasida kuniga 4—5 so‘m ishlab turgan bu zamonda kuniga uch tangag‘a mardikorlikni, oyig‘a o‘n besh so‘mg‘a qorovullik-ni, yigirma so‘mg‘a fanar yoqishni, o‘n so‘mg‘a ko‘nka yo‘lini tozalashni va shularga o‘xshash eng past va og‘ir xizmatlarni yaxshi ko‘rurlar.

Bolalarimiz otalarimizning ilm qad-in bilmagan, ilm uchun pulni ko‘zlari qiymaganlik sababli o‘qumoq va o‘rganmoq o‘rniga «Oh pul, jonim pul», -deb «tashishka» - hammollikni yaxshi ko‘rurlar. Muharrir-larimiz ko‘b-ko‘b oqcha olib, oz-oz yozishni yaxshi ko‘rurlar.

Mushtariylarimiz foydali maqolalar o‘rnig‘a xabarlarni yaxshi ko‘rurlar. Dumalarimiz majlisga kelub, ustulga suyo-ub farog‘at qilub turg‘on vaqtlarida, bir tarafdan qattig‘roq tovush chiqsa cho‘chib uyg‘onishni yaxshi ko‘rurlar.

Shoirlarimiz milliy she’r va adabiyot yozishni o‘rnig‘a muvashshahmi yoki «qoshingdan, ko‘zingdan», - deb, javonlarni maqtab fasod axloqg‘a sabab bo‘ladurg‘on she’rlar yozishni yaxshi ko‘rurlar. Ammo men bo‘lsam, hozirgi zamonda indamasdan turishni yaxshi ko‘rurman.
Abdulla Avloniy

Manba: Erk.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kim nimani yaxshi ko‘rar?