Ilon Mask sud oldidan OpenAI rahbarlariga tahdidli xabarlar yo'lladi

Ilon Mask sud oldidan OpenAI rahbarlariga tahdidli xabarlar yo'lladi
Qisqacha

Ilon Mask sud oldidan OpenAI rahbarlariga tahdidli xabarlar yubordi. U kompaniya prezidenti Greg Brockmanga sudlashuvni kelishuv yo'li bilan hal qilishni taklif etdi, ammo Brockman har ikki tomon o'z da'volaridan voz kechishini so'ragach, Mask keskin javob qaytardi. OpenAI sudga yozishmalarni dalil sifatida taqdim etishni so'radi, lekin sudya bu xabarlarni ishga olishni rad etdi. Maskning da'vosi OpenAI ning tijorat tuzilmasini bekor qilish va texnologiyalarni ommaga ochish niyatida.

Ilon Mask va OpenAI o'rtasidagi sud jarayoni boshlanishidan ikki kun oldin Mask kompaniya prezidenti Greg Brokmanga xabar yubordi. Mask sudlashuvni kelishuv yo'li bilan hal qilishni taklif etgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Brokman har ikki tomon o'z da'volaridan voz kechishini so'raganidan so'ng, Mask keskin javob qaytardi. U Brokman va Sem Altman hafta oxiriga borib Amerikadagi eng yomon ko'rilgan insonlarga aylanishini ta'kidladi.

Ilon Mask sud oldidan OpenAI rahbarlariga tahdidli xabarlar yo'lladi

OpenAI yozishmalarni dalil sifatida qabul qilishni so'rab sudga murojaat qildi. Biroq sudya ushbu xabarlarni ishga tirkashni rad etdi.

Maskning da'vosi OpenAI kompaniyasining tijorat tuzilmasini bekor qilish va texnologiyalarni ommaga ochiq qilishni ko'zda tutadi. OpenAI yuristlari esa Mask raqobatchisini zaiflashtirish va moliyaviy foyda ko'rishni maqsad qilganini aytmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar