Samarqand viloyatida sodir etilgan mudhish jinoyat tafsilotlari fosh bo‘ldi. Voqea 2017 yil avgust oyida yuz bergan, deb yozadi Qalampir nashri.
Toyloq tumanida yashovchi Rahimovlar oilasining bekasi 2017 yil 25 avgust kuni soat 22:00 atrofida turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, yiqilib tushgan va og‘ir jarohat olgan. Ayol 26 avgust kuni 23:00 da jon bergan.
Uning turmush o‘rtog‘i – 1968 yilda tug‘ilgan xonadon egasi esa jinoyatni yashirish maqsadida ayolining jasadini ta’mirlash ishlari olib borilayotgan xonalardan biriga ko‘mib qo‘ygan.
Rahimov ayolini Rossiyaga ishga ketgan degan bahona bilan yo‘qligining sababini atrofdagilardan yashirgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan olib borilgan tergov jarayoni vaqtida mazkur jinoyatning izlari topildi. Ayni vaqtda erkak qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi