23:12 / 12.03.2018
3 603

“Central Asian Analytical Network CAAN”: “Butun Markaziy Osiyo uchun oltin kun"

“Central Asian Analytical Network CAAN”: “Бутун Марказий Осиё учун олтин кун"
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10 mart kunlari ushbu mamlakatga amalga oshirgan davlat tashrifi nafaqat ikki mamlakat va mintaqa hayotida yana bir ulkan burilish davriga asos soldi, balki dunyo siyosat maydonida pragmatizmning yorqin ko‘rinishi va yirik o‘zgarishlarning jiddiy debochasi sifatida kutib olindi.

Eng muhimi, yangilanish ayyomidagi ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tadbirlarni oddiy odamlardan tortib siyosatchilar, jurnalistlar, ishbilarmonlar, xoh u o‘zbek bo‘lsin, xoh tojik, katta quvonch va nekbinlik bilan kuzatib bordi.

Buni tojikistonlik qardoshlarimizning internet sahifalarida bildirayotgan ko‘plab fikrlari misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Mana, ularning ayrimlari bilan tanishib ko‘ring.

“Men o‘z xohish-irodam bilan shodliklarga to‘lib Shavkat Mirziyoyevga peshvoz chiqqan bo‘lar edim. Vatanimizga xush kelibsiz! Endi viza tizimi bekor qilinishi bilan do‘stlarimni olaman-da, O‘zbekistonga boraman”, — deydi tojikistonlik oddiy mehnatkash Rahim Safarzoda.

Bunday yurakdan chiqqan so‘zlarni ushbu mamlakatdagi taniqli siyosatchi, sotsial-demokratik partiya yetakchisi Rahmatillo Zoirov ham o‘zining “Facebook” ijtimoiy sahifasida bildirib o‘tgan. R. Zoirovning yozishicha, O‘zbekiston rahbarining tashrifi uning qachondan beri qilib kelayotgan orzusini ro‘yobga chiqardi. U ma’muriy to‘siqlar bartaraf etilishi, ta’lim, madaniyat, din va inson huquqlari prinsiplariga rioya qilish sohasidagi hamkorlik yo‘lga qo‘yilishiga umid bildirib, Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi ikkitomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochishini aytib o‘tgan.

Fuqarolar faoli Idris Jonmamadov hayajon bilan yozadi:

“Qardosh Tojikistonga xush kelibsiz, muhtaram Shavkat Miromonovich. Nihoyat, bizning qardosh xalqlar bir-birlariga o‘z eshiklarini ochdi. Buni biz qanchalik kutgan edik!”

Tojikistonlik olim va jamoat arbobi Anvar Maqsudov esa ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik ramzi sifatida o‘z yurtidagi park yoki maydonlardan biriga Qori Niyoziy nomini berish kerakligi taklifiga to‘xtalib o‘tgan.

Xabaringiz bor, Qori Niyoziy Xo‘jandda tug‘ilgan bo‘lib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti sifatida faoliyat olib borgan.

Tojikistonlik Dilshod Jo‘rayev ham o‘z xursandchiligini “Facebook” ijtimoiy sahifasida shunday izhor etib o‘tgan: “Nihoyat, 25 yil o‘tib mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar yana mustahkamlanmoqda va bu katta quvonchdir. Ayni paytda har birimiz uchun imkoniyat paydo bo‘ldiki, Samarqand va Buxoroga istalgan vaqtda bora olamiz, u yerda tajriba almashib, do‘stlarni taklif qilamiz va o‘z biznesimiz geografiyasini kengaytiramiz.

Bizning “#55” kompaniyasi o‘z yo‘lida davom etadi: qo‘shni O‘zbekiston bizga dunyoqarash va madaniyat bo‘yicha juda yaqin va birgalikda a’lo darajadagi qo‘shma loyihalar qila olamiz”.

Tabiiyki, bunday fikrlar bildirishda O‘zbekiston Prezidentining tashrifiga bevosita guvoh bo‘lgan tojikistonlik jurnalistlar ham faol bo‘ldi.

“Muhitdan shuni bilish mumkinki, muhokamalar juda samarali bo‘ldi, - deb yozadi internetdagi sahifasida jurnalist Nazarali Pirnazarov. – Ikkala Prezident ham tez-tez tabassum qilib, bir-birlariga nafaqat do‘st deya, balki aka-uka deya murojaat qilishdi. Hurmat-izzat ko‘rsatishda juda ko‘p so‘zlar aytildi. Shavkat Mirziyoyev bunga javoban Imomali Rahmon O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida hurmat-izzat bundan kam bo‘lmasligiga va’da berdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollargacha yetkazish marrasi o‘rtaga qo‘yildi, bu bilan ikki mamlakat Bosh vazirlari shug‘ullanadi. Tomonlar savdoni 100 million dollarga moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga imzo chekishdi. Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon ikki o‘rtada hal etilmagan masala qolmagani, o‘zaro chegara esa “do‘stlik va totuvlik” chegarasi bo‘lishini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev Rog‘un va boshqa gidroenergetika ob’ektlarini qurish kerakligini, chunki O‘zbekistonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 32 foizi kelgusida GESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hisobiga qoplanishini aytib o‘tdi. Bu Tojikistonning mazkur sohadagi salohiyatini inobatga olganda juda muhimdir. Tomonlar, shuningdek, Tojikistondagi Sarez ko‘li resurslaridan birgalikda oqilona foydalanishga kelishib olishdi. Qisqachasi shu”.

Shu kabi samimiy fikrlar “Central Asian Analytical Network CAAN” nashri rasmiy sahifasida ham qayd etilgan:

“Haqiqatan ham, butun Markaziy Osiyo uchun oltin kun. Bu kun tarix darsliklari sahifasidan joy oladi. O‘zbekiston bayroqlari Dushanbedagi tojikistonlik o‘quvchilar qo‘lida. Dushanbeda mustaqillik yillaridan beri ularga yo‘llarni to‘g‘ri va ko‘chma ma’noda ochib bergan hech kimni O‘zbekistonning yangi Prezidentini kutib olishganchalik qarshi olishmagan”.

Manba: O‘zA

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Central Asian Analytical Network CAAN”: “Butun Markaziy Osiyo uchun oltin kun"