Slot: "Birinchi oʻrinda Arsenal boʻlgani bizga foydali boʻlishi mumkin"

Slot: "Birinchi oʻrinda Arsenal boʻlgani bizga foydali boʻlishi mumkin"

Slot: "Birinchi oʻrinda Arsenal boʻlgani bizga foydali boʻlishi mumkin"
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik poygasi haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Shanba kuni mersisaydliklar oʻz maydonida “Aston Villa”ni 2:0 hisobida magʻlub etib, magʻlubiyatlar seriyasiga barham berishdi.

“Qizillar” yettinchi oʻrindan uchinchi oʻringa koʻtarilishdi, biroq turnir jadvalida peshqadam “Arsenal” bilan boʻlgan yetti ochkolik farq oʻzgarmadi. Oʻsha kuni “toʻpchilar” ham “Byornli”ni 2:0 hisobida magʻlub etishgan edi.

“Chempionlik uchun kurash? Hozir bu haqda oʻylamayapman, lekin ehtimol, biz uchun birinchi oʻrinda “Arsenal”ning boʻlishi, “Manchester Siti” emas, foydali boʻlishi mumkin”, – dedi Slot TNT Sportsga bergan intervyusida.

Xosep Gvardiolaning jamoasi oʻz oʻyinini bugun oʻtkazadi. Ularning raqibi “Bornmut” boʻladi, hozirda ikkinchi oʻrinda borayotgan bu jamoa “shaharliklar”ga qarshi kurashadi.

“Manchester Siti” sakkizinchi oʻrinda joylashgan boʻlib, “Arsenal”dan toʻqqiz ochkoga ortda qolmoqda, biroq bir oʻyini zaxirada mavjud.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar