
«An-Nasr» jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasining 7-turida «Al-Fayha»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. 40 yoshli portugaliyalik yulduz ushbu bahsda dubl qayd etib, jamoasi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
«Bu kecha men uchun ham, butun jamoam uchun ham juda esda qolarli bo‘ldi. “An-Nasr” g‘alaba qozondi, men esa ikki bor gol urdim — bu juda muhim.
Har doim ta’kidlayman: sportda uzoq faoliyat yuritish faqat muhabbat va sadoqat orqali amalga oshishi mumkin. Men hali ham shu his-tuyg‘uni his etaman. Gol ursam ham, yo‘q bo‘lsa ham — futbol mening hayotim. 23–24 yildan beri shu sohadaman — bu mening umrimning bir qismi. Shuning uchun oyoqlarimda quvvat bor ekan, futbolni tark etmayman», — dedi Ronaldu UOL nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Ronaldu Saudiya chempionatida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol muallifiga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!