
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, daraxtga zarar yetkazgan shaxsga nisbatan chora ko‘rildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida, "Vatan" kinoteatri yaqinida daraxtga zarar yetkazilgani haqida ma’lumot tarqaldi.
Mazkur holatni o‘rganish uchun ushbu joyga ekologiya inspektorlari yuborildi. Tekshiruv davomida daraxt to‘liq yo‘q qilinmagani, biroq unga zarar yetkazilgani aniqlandi.
Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining "Daraxt, buta, boshqa o‘simliklar va ko‘chatlarni noqonuniy kesish, ildizdan sug‘urish, zarar yetkazish, yo‘q qilish yoki ko‘chirish" moddasining 1-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzildi. Ushbu shaxsga 10 300 000 so‘mlik jarima belgilandi.
Shuningdek, u tabiatga yetkazilgan zarar uchun 2 472 000 so‘m to‘lash majburiyatini oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar