Samarqandda uxlab qolgan Cobalt haydovchisi avtobusga to‘qnashdi

1 daqiqa o'qish170
Samarqandda uxlab qolgan Cobalt haydovchisi avtobusga to‘qnashdi

Samarqand shahrida Cobalt haydovchisining uyqusi yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat IIBB YHXB.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2 noyabr kuni Afrosiyob mahallasidagi Shohizinda ko‘chasida harakatlanayotgan Cobalt haydovchisi rulda uxlab qolgan. Natijada u mashinani boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetiga o‘rnatilgan temir to‘siqqa urilgan.

Zarba oqibatida avtomobil qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va harakatlanib kelayotgan avtobus bilan to‘qnashgan.

Hodisa natijasida haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagani bois boshqa jabrlanuvchilar yo‘q. Har ikki transport vositasiga moddiy zarar yetgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha dastlabki surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Mutaxassislar haydovchilarni charchoq holda yoki uyqusiz holda ruliga o‘tirmaslikka chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?