07:02 / 15.03.2018
3 807

Ekspert fikri: UZ domenlari kiberhujumga uchrab turibdi

Ekspert fikri: UZ domenlari kiberhujumga uchrab turibdi
Bugungi kunda Respublikamizda 32,65 million nafar aholidan 14,7 milliondan ortig‘i internetdan foydalanadi. 2018 yil 12 mart holatiga ko‘ra, “UZ” domenida ro‘yxatga olingan veb-saytlar soni 56 447 tani tashkil etmoqda.

Mazkur “UZ” domenli saytlari kiberxujumdan holi emas. Aslida internet tarmog‘idagi barcha veb-sahifalarga xos muammodir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi bo‘limi boshlig‘i Laziz Bo‘ronov O‘zbekiston bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi tomonidan o‘tkazilgan seminar-treningda ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida 2017 yil davomida respublikamizda faoliyat yuritayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining 120 ta rasmiy veb-saytlari axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazildi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, veb-saytlarning 63 tasida zaiflik va kamchiliklar mavjud bo‘lib, shulardan 17 tasida jiddiy zaifliklar aniqlangan. Qolgan 57 tasida zaifliklar mavjud emasligi aytiladi. Bu kamchiliklarga idoralarning axborot xavfsizligi masalalariga yetarli e’tibor karatmayotgani sabab bulmokda.

Shuningdek, 2017 yil davomida “UZ” domenida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli veb-saytlarda ularning axborot xavfsizligiga tahdid soluvchi jami 669 ta hodisa kuzatilgan. Hodisalarning 345 tasida veb-saytlar bosh sahifasini ruxsatsiz o‘zgartirish holati (defeys), 2 tasida veb-saytga spam (yolg‘on xabar) va fishing havola qo‘shib qo‘yish, 322 tasida veb-saytlarga ruxsatsiz yangi fayl yoki veb-sayt mazmunida bo‘lmagan veb-kontent kiritib qo‘yish orqali ularga zarar yetkazish holatlari aniqlangan.

Ushbu aniqlangan hodisalarni o‘rganish, sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish hamda kelgusida sodir bo‘lishini oldini olish bo‘yicha veb-sayt egalari, ularning mas’ul mutaxassislari va xosting-provayder xodimlari bilan hamkorlikda ishlar olib borilgan, deydi Laziz Bo‘ronov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekspert fikri: UZ domenlari kiberhujumga uchrab turibdi