date

Surxondaryoda 5 ballli zilzila aholini cho‘chitdi (video)

Surxondaryoda 5 ballli zilzila aholini cho‘chitdi (video)
Surxondaryo viloyatida sodir bo'lgan 5 balli yer silkinishi odamlarni vahimaga soldi. Kechasi yuz bergan zilziladan so'ng ko'plab aholi uylaridan chiqib, ko'chaga to'plandi.

Hodisa joyidan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Taxminan bir soatdan so'ng, viloyat aholisi o'z uylariga qaytishni boshladi.

Aholi zilzilaning qaytadan takrorlanishidan xavotirda edi. Ma'lumotlarga ko'ra, zilzilaning epitsentri Afg'onistonda joylashgan bo'lib, u yerda yer silkinishi kuchi 7 ballga yetgan.

Quyida saytimiz o‘quvchisi tahririyatga taqdim etgan videoni ko‘rib, bo‘lib o‘tgan vaziyatni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish imkoniga egasiz:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 5 ballli zilzila aholini cho‘chitdi (video)