Xalqimizning eng sevimli milliy taomlaridan biri sumalak bug‘doy doni ko‘katidan tayyorlanadi. Uning sir-asrorini bilguncha, foyda-zararini aniqlaguncha qancha vaqtlar o‘tmagan.
Ko‘p asrlar davomida uni tajribada sinab, tekshirib, sumalakning shifobaxshligiga ishonch hosil kilingan. Buni his etgan barcha, katta-kichik, sog‘-bemor uni tanovul qilishga shoshiladi. Xususan, qishdan-bahorga chiqish — darmonsizlik, ilik uzildi paytga to‘g‘ri keladi.
- Sumalak bahorning shifobaxsh taomi bo‘lib, u qonimizni tozalab, jismimizni tetiklashtirib, kuch-quvvatimizni oshiradi.
- Sumalakda shakar moddasi, oqsil, foydali javharlar (kislota), darmondorilar mo‘l bo‘ladi.
- 1936 yilda bug‘doy o‘simtasini tekshirgan Emerson va Evans ismli nemis olimlari bug‘doyda tokoferol moddasi borligini aniqlashgan va u jenщen tarkibida uchraydigan Ye vitaminining o‘zginasi ekanligini isbotlashgan.
- Olimlarning ta’kidlashicha, sumalak gipertoniya, gepatit, buyrak, me’da-ichak xastaliklariga yaxshi davo bo‘lib, qon tarkibini yaxshilab, me’da-ichak faoliyatini me’yorga keltiradi, asabni tinchlantiradi, yaxshi uxlatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?