21:17 / 02.06.2018
4 106

O‘zbekistonda pasportdagi «millati» ustunini olib tashlash taklif etilmoqda

O‘zbekistonda pasportdagi «millati» ustunini olib tashlash taklif etilmoqda
Mening Fikrim portalida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportida «millati» ustunini olib tashlash haqida taklif paydo bo‘ldi.

Bunday taklif mamlakat xalqini yanada jipslashtirishi, har bir fuqaro o‘zini bir millat sifatida qabul qilishi uchun paydo bo‘lgan. Bu barchamiz uchun kelajakni qurishda albatta ta’sir ko‘rsatadi, deb yozadi murojaat muallifi.

Mamlakatimizda «millati» to‘g‘risida qabul qilingan qator hujjatlarga e’tibor qaratishni xohlayman. Ko‘plab davlatlarda bu grafa o‘zida boshqa ma’noni anglatadi. Millat (nationality) so‘zi etnosga emas, balki mamlakat fuqarolik jamiyatga tegishlilik sifatida tushuniladi. O‘zbekistonning barcha fuqarosi fuqarolik qonunlariga ko‘ra bir millat, biroq, shu bilan birga, ma’lum bir etnosning qismi hisoblanadi, deya ta’kidlaydi tashabbuskor.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston fuqarosi pasportida «millati» grafasini olib tashlashni to‘g‘ri deb hisoblaymiz, deya xulosa qilgan muallif.

Hozircha murojaat 800 dan ortiq ovoz olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda pasportdagi «millati» ustunini olib tashlash taklif etilmoqda