
27 noyabr kuni soat 11:00da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida islohotlarning borishini tavsiflovchi statistik axborotlarning ob’ektivligi hamda dolzarbligini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari va istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjuman doirasida jurnalistlar bilan savol-javoblar o‘tkazildi.
«Hozirgi kunda amalda bo‘lgan me’yor eng kam oylik ish haqidan iste’mol savatchasiga o‘tish masalasi bir necha idoralar ishtirokida ishchi guruh tuzilgan. Bu guruh faoliyati iqtisodiyot vazirligi raisligi ostida amalga oshirilmoqda. Bu yangi me’yorga o‘tish uchun ishlar 2020 yilgacha belgilangan.
Statistika qo‘mitasi yillik, chorak davr mobaynida tadbirkorlik sub’ektlarining statistik ma’lumotlari tuziladi va bu ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniqligini tegishli davlat idoralari (soliq idoralari, bank va savdo-sanoat palatasi) bilan hamkorlikda aniqlanadi. Shu sababli, tadbirkorlik sub’ektlari ham vijdonan to‘g‘ri ma’lumotni berishi lozim. Agar ma’lumot qanchalik to‘g‘ri berilsa, iqtisodiyotga baho to‘g‘ri beriladi», deya anjuman raisi Agzam Ikramovning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Anjuman davomida qo‘mita vakili Alisher Yo‘ldoshev davlat YaIM miqdori qanday hisob-kitob qilinishi haqida aytib o‘tdi. Mutaxassisning tushuntirishi bo‘yicha, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning alohida yo‘nalishi mavjud.
«Yirik korxonalar, kichik biznes sub’ektlari, ixchamlashtirilgan kichik korxonalar uchun alohida tarmoq belgilangan. Bu bo‘yicha ular qo‘mitaga ma’lumotlar taqdim etadi. Har bir korxona yoki tashkilot yilda bir marta hisobot topshiradi, sababi ularni qog‘ozbozlik bilan band qilib qo‘ymaslik kerak.
Qolgan ma’lumotlarni aniqlash uchun anketalar tarzida kuzatuv olib boramiz. Tahlillarimiz bilan tarmoqlarda narx indeksi shakllanadi. Uy xo‘jaliklari bo‘yicha ma’lumotlarda 10 ming xonadonni tanlanma tarzida o‘rganamiz. Shu bo‘yicha xulosa chiqaramiz. Biz mana shu hisobotlar asosida umumiy ahvolni aniqlaymiz. Davlat organlarining va notijorat tashkilotlarning xarajatlari ham hisobga olinadi. Davlat organlarining xarajatlari Moliya vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida ishlab chiqiladi. Investitsiya masalasiga ham doimo e’tibor qaratamiz. Bu ham yillik va chorak davr haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi. Tashqi savdo saldosi va eksport bo‘yicha ma’lumotlar bojxona xizmati bergan raqamlar asosida tuzib chiqiladi. Bularning hammasi umumlashtirib YaIM belgilanadi.
Bundan tashqari, bizga xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida ish olib boramiz. Bu tashkilotlar BMT, Xalqaro valyuta Fondi, Jahon Banki, Yevrostat kabi xalqaro tashkilotlar ko‘rsatmalari, takliflari asosida ishlar yuritiladi», degan u.
Ish haqlari masalasida berilgan savollarga qo‘mitaning Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Behzod Shodiyev shunday javob bergan: «Eng kam oylik ish haqi masalasi Moliya vazirligi va Bandlikka ko‘maklashish vazirligi tomonidan o‘rnatiladi va prezident farmoni bilan tasdiqlanadi. Davlat statistika qo‘mitasi yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqaradi». “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar