Toshkent shahridagi Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik-ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan 2 ta asosiy ko‘cha 4 kunga yopiladi.
Jumladan, Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi hamda Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida barcha transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.
Yo‘l yopilish 16 oktyabr soat 16:00 dan boshlanib, 20 oktyabr soat 07:00 ga qadar amal qiladi. Fuqarolardan ayniqsa ushbu hududlarda harakatlanish rejalarini oldindan muvofiqlashtirish so‘ralmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar