Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.S.dan undiruvchi R.P. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment to‘lab borishi belgilangan.
Biroq, ota o‘z mas’uliyatini unutib, aliment qarzlarini o‘z vaqtida to‘lab bormaganligi sabali, uning qarzdorligi 33 mln. 33 ming so‘mni tashkil etgan.
Ijro harakatlari davrida, uning xorijga chiqish huquqi cheklangan edi.
Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari va ishga joylashtirish bo‘yicha takliflarini ham e’tiborsiz qoldirib kelgan.
Oqibatda, qarzdor X.S.ning aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi bilan unga nisbatan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangibozor tuman sudiga yuborilgan.
Shundan so‘ng, qarzdor fuqaro o‘z majburiyatini tushunib, alimentdan bo‘lgan jami qarzdorlikni to‘lab bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!