“Nasaf” yorqin g‘alaba bilan boshladi: “Qo‘qon-1912” kutilmagan mag‘lubiyatga uchradi

2 daqiqa o'qish686
“Nasaf” yorqin g‘alaba bilan boshladi: “Qo‘qon-1912” kutilmagan mag‘lubiyatga uchradi

O‘zbekiston Superligasining 25-turi Qarshidagi keskin va ta’sirli bahs bilan boshlandi. Amaldagi chempion — “Nasaf” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni qabul qilib, ishonchli tarzda 3:0 hisobida zafar qozondi.

O‘yinning ilk qismidayoq “ajdarlar” ustunlikni qo‘lga olishdi. 24-daqiqada Dragan Cheran penaltidan aniq zarba berib, hisobni ochdi. Bu gol nafaqat jamoaga ruhiy ustunlik berdi, balki “Nasaf”ning hujumdagi bosimini yanada kuchaytirdi.

Ikkinchi taymda ham Berdiev shogirdlari tashabbusni qo‘ldan boy bermadi. 68-daqiqada yosh iqtidor Husayn Norchaev raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni 2:0 qildi. O‘yin yakuniga yaqin, 82-daqiqada Sherzod Nasrullaev Zafarmurod Abdirahmatovning uzatmasini golga aylantirdi — natija 3:0.

“Nasaf” safida barcha chiziqda o‘yin tizimi ishladi — himoya mustahkam, markazdagi nazorat kuchli, hujumda esa samaradorlik yuqori bo‘ldi. Cheran, Norchaev va Nasrullaev triosi jamoaning hujum quvvatini yaqqol namoyon qildi.

“Qo‘qon-1912” esa imkoniyatlar yarata olmadi, raqibning tezkor paslari va yuqori pressing ostida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi. Ular faqat ayrim qarshi hujumlarda xavf tug‘dirishga urindilar, ammo “Nasaf”ning himoya chizig‘i ishonchli harakat qildi.

To‘liq hisob:
“Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 3:0
Gollar: Cheran (24, pen.), Norchaev (68), Nasrullaev (82).

"Nasaf": 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 10. Dragan Cheran, 17. Suxrob Nurulloyev (34. Sherzod Nasrullayev,63) 71. Javohir Ubaydullayev, 18. Husayn Norchayev, 19. Stefan Cholovich( 2. Alibek Davronov, 63), 24. Sardorbek Bahromov, 28. Shuxrat Muhammadiyev, 77. Oybek Bozorov (7. Adenis Shala,90+2), 92. Umarbek Eshmurodov (22. Igor Golban, 87).

Zaxira: 1. Oleksandr Vorobey, 9. Javohir Sidiqov, 14. Sharof Muhitdinov, 20. Yusuf Otubanjo.

"Qo‘qon-1912": 13. Azizxon Isaqov, 4. Asliddin Toshtemirov, 5. Jasurbek Yoqubov, 7. Shota Gvazava, 10. Shoxruh Gadoyev ( 20. Iqboljon Malikjonov,75), 15. Zafar Hakimov (6. Alisher Salimov, 82), 17. Kleydi Datsi ( 69. Yegor Kondratyuk,65), 22. Muhammadanas Hasanov (9. Javohir Xusanov,65), 23. Abrorbek Karimov, 44. Andro Giorgadze, 78. Abdug‘afur Haydarov ( 14. Jasur Xolto‘rayev,75).

Zaxira: 1. Rustam Nartajiyev, 2. Mirziyod Odilov, 21. Muhriddin Pazildinov, 30. Ibrohimjon Muhtorov.

Shu tariqa, “Nasaf” 25-turni g‘alaba bilan boshlab, chempionlik yo‘lida muhim qadam tashladi. Qarshiliklar yana bir bor o‘z maydonida kuchli o‘yin namoyon etdi, “Qo‘qon-1912” esa keyingi turlarda xatolar ustida ishlashiga to‘g‘ri keladi.

Bu g‘alaba “Nasaf”ni yanada ruhlantirdi — jamoa oldida endilikda Osiyo Chempionlar Ligasidagi muhim bahs turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?