date

Texnik nosozlik tufayli yuzlab xonadonda gaz yo‘q

Texnik nosozlik tufayli yuzlab xonadonda gaz yo‘q
Yangihayot tumanida joylashgan “Mash’al” mahallasida 600 ga yaqin xonadon gaz ta’minotidan uzildi. Bu holat suv quvurini ta’mirlash ishlari vaqtida yuz bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ta’mir ishlari davomida mashina tasodifan o‘rta bosimli gaz quvuriga urilgan. Oqibatda 3 ta ko‘p qavatli uydagi 350 xonadon va 220 ta yakka tartibdagi uy xo‘jaligi gazsiz qolgan.

Hozirda mutaxassislar tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Tegishli tashkilotlar aholiga gaz ta’minotini tiklash uchun zarur choralarni ko‘rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Texnik nosozlik tufayli yuzlab xonadonda gaz yo‘q