Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik bahsida Qozog‘iston termasiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning ilk bo‘limida hisobni mezbonlar ochishdi — zaxiraviy o‘yinchi Xayrulla Solixov gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishida qozog‘istonlik Aleksandr Deryabin javob goli bilan hisobni tenglashtirdi. Biroq 29-daqiqada Elbek To‘lqinov tomonidan urilgan gol O‘zbekistonga g‘alaba keltirdi.
Futzal bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
2025-yil 16-oktyabr, payshanba
Toshkent shahri
O‘zbekiston — Qozog‘iston 2:1
O‘zbekiston jamoasi tarkibi:
(Asosiy beshlik) — 12. Shavkat Ibragimov, 4. Ixtiyor Ropiyev, 6. Ilhom Hamroyev, 8. Shahram Faxriddinov, 9. Elbek To‘lqinov.
Zaxiradagilar: 1. Abbosbek O‘lmasbekov, 2. Xayrulla Solixov, 3. Mashrab Odilov, 5. Shahzod Sa’diyev, 7. Samariddin Berkinov, 10. Abror Axmedzyanov, 11. Muzaffar Axadjonov, 13. Muhammadali Husanboyev, 14. Artur Umurov.
Qozog‘iston jamoasi tarkibi:
(Asosiy beshlik) — 24. Talgat Utepbergenov, 5. Akjol Dәribay, 6. Edson Gomes Dos Santos, 9. Albert Akbalikov, 17. Birjan Orazov.
Zaxiradagilar: 1. Artur Galixanov, 7. Azat Valliulin, 11. Abdirassil Abdumapauli, 13. Ramazan Bissembauli, 16. Ilyas Bolekbayev, 18. Nursultan Piyali, 20. Bagdaulet O‘mirzakov, 21. Nurkanat Baxtiyarov, 25. Ivan Maraxov, 27. Timur Malibekov, 30. Aleksandr Deryabin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!