
Suvga tashna odam. U Allohni tanimaydi. U bu haqida mushohada qilishdan ikki ko‘zi va qalbini bog‘lab tashlagan. Tashna odamning chanqog‘i kuchaydi va oldida yarqirab turgan suvni ko‘rib qoldi. Kosada suv olib ichishni boshladi.
E’tibor bering u qanday ichadi. U bu suvni aqli va idroki bilan emas, shahvati va istagi bilan qabul qiladi.
U haqida o‘ylab ko‘ring! U suv ichayotganda suvni “shopillab” yutadi-da, keyin yengi bilan og‘zini shartta artadi. “Bismillah”ni ham “Alhamdulillah”ni ham aytmay, faqatgina o‘zining havoyi istaklari bilan ish ko‘radi. Allohni zikr qilmaydi.
Lekin sen suv ichayotganingda aqling bilan ushbu ajoyib suvni mushohada qilib ich. Ushbu suyuq, rangi ham hidi ham yo‘q modda haqida fikr yuritib ich. Agar uni hidi bo‘lganida inson uni yo‘q qilgan bo‘lar edi. Undagi sifat ajoyib va g‘aroyibdir. Chanqagan vaqtingda sening bu tashnaligingni suvdan boshqa narsa qondira olmaydi. Keyin tomirlaringda ter qanday harakatlanishini o‘ylab ko‘r.
Mana shular haqida mushohada qiladigan bo‘lsang, ushbu suvga qarab turib o‘zingni Allohning oldida topasan.
Men sizlarga bir marta aytib bergan edim.
Bir kuni Horun Ar-Rashidning majlisida Tovus al-Kaysoniy rohimahulloh ham birga bo‘lgan edi. U solih va katta ulamolardan biri sanaladi. Horun Ar-Rashid chanqab, bir kosa suv keltirishlarini talab qildi. Suv keltirildi. Ichishni boshlamoqchi bo‘lganida Tovus alayhirrohma unga: "Shoshmang ey mo‘minlarning amiri, ya’ni ichmay turing!", – dedi.
U, “xo‘p”, – dedi.
Tovus: Aytingchi, agar siz chanqog‘ingiz ustiga mana shu bir kosa suvdan to‘silsangiz nima evaziga uni sotib olgan bo‘lardingiz? – dedi.
Horun: "Qo‘limdagi bor narsam evaziga" – dedi.
Tovus: "Osh bo‘lsin, ichavering" – dedi.
Keyin u ichdi. Tovus: "Ey mo‘minlarning amiri, agar siz mana shu suvni tanangizdan chiqib ketishidan to‘silib qolsangiz, nima evaziga uni chiqarar edingiz?" – dedi.
U: "Qo‘limdagi bor narsam evaziga" – dedi.
Tovus: "Ey mo‘minlar amiri, bir ho‘plam suv ichishga ham yetmaydigan mulkda Allohdan qo‘rqing" – dedi.
Inson bu haqida o‘ylasa bir tomchi suvning o‘zida Alloh borligini ko‘radi. Bulutning o‘zida Allohning borligini ko‘radi. Shamollar tebratayotgan o‘simliklarning o‘zida Alloh azza va jallaning borligini ko‘radi. Turli taomlar va har-xil mevalar, kecha va kunduzning almashinuvida Alloh subhanahu va taoloni ko‘radi.
Qanday qilib olam insonni Allohni ko‘rishdan uzoqlashtiradigan to‘siq bo‘la oladi?!
Bu olam Allohning belgilaridan boshqa narsa emas.
Muhammad Sa’id Ramazon Butiyning
"Hikamul Atoiyya" darsligining 240-bo‘limidagi suhbatidan
Abdulloh G‘ULOMOV tarjimasi
"Hikamul Atoiyya" darsligining 240-bo‘limidagi suhbatidan
Abdulloh G‘ULOMOV tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar