15:38 / 27.04.2019
3 134

Zangiotada advokat bir kunda 162 odamga xizmat ko‘rsatgani aniqlandi

Zangiotada advokat bir kunda 162 odamga xizmat ko‘rsatgani aniqlandi
Zangiotada bir advokat bir kunda 162 odamga xizmat ko‘rsatgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “Advokat” nashri yozmoqda.

- 2009 yildan 2018 yilni ham ichiga olgan davrgacha jinoyat ishlari bo‘yicha biz davlat budjetidan 75 milliard so‘m ajratdik, — deydi Moliya vazirligi departamentining bosh iqtisodchisi bepul yuridik yordam mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatida. — 67% faqat shaharga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yerda boshqa masala e'tiborga molik. Advokatlar xizmatini to‘lashga mablag‘ beradigan Moliya vazirligiga pul qanday sarflanayotgani haqida axborot berilmaydi. Bizga rahbariyat topshiriq beradi: “Boringlar va pul qanday sarflanayotganini bilib, bizga hisobot qilinglar”. Biz Toshkent viloyati va shaharga chiqdik, va mantiqqa zid va aqlga sig‘maydigan dalillarni aniqladik. Masalan, Zangiota tumanida bir advokat 2 yanvar kuni bir kunda 162 odamga xizmat ko‘rsatdi. Bu haqiqatga to‘g‘ri keladimi?

Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov bu muammoga qisqa sharh berdi. Uning aytishicha, “navbatchi advokatlar” deb ataladigan bunday advokatlar sohaning og‘riqli nuqtasi, chunki ular odatda huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

- Siz to‘g‘ri ta'kidlab o‘tganingizdek, kuniga yuzdan ortiq ishlarni ko‘rib chiqadigan advokatlarga mablag‘ behuda to‘lanmoqda, chunki boshqa advokatlar bunday imkoniyatga ega emas, — izoh berdi u. — Bu yo‘nalishda biz hozir ish olib bormoqdamiz. Bu esa barcha advokatga teng ishlash huquqini berish uchun shart-sharoit yaratadi.

Biz ham tergovchilarning tayyor hujjatlarini imzolash bilangina shug‘ullanadigan “soxta” advokatlar, davlat g‘aznasini o‘maruvchi korrupsion tizimdan faqat shu yo‘l bilan qutulish mumkin deb hisoblaymiz, deya yakunlanadi xabar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotada advokat bir kunda 162 odamga xizmat ko‘rsatgani aniqlandi