22:25 / 27.04.2019
2 414

O‘rta yoshdagi mutaxassislar AQShda tahsil olishi mumkin

O‘rta yoshdagi mutaxassislar AQShda tahsil olishi mumkin
O‘zbekistonlik mutaxassislar AQSh universitetida o‘n oy davomida ilmiy unvonsiz magistratura darajasida tahsil olish va o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy tajriba orttirishi mumkin. The Humphrey Fellowship dasturiga odam yig‘ish boshlandi.

Stipendiyalar davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda ishlayotgan, boshqaruv qobiliyatiga ega, faol jamoatchi mutaxassislarga tanlov asosida beriladi.

The Humphrey Fellowship Program maqsadi
Hamfri stipendiatlari qabul qiluvchi Amerika universitetida bir yillik tahsillari davomida o‘zlarining kasbiy qiziqishlariga mos keluvchi magistratura darajasida bo‘lgan dastur bo‘yicha o‘quv kursiga taklif etiladi.

Shu bilan birga, Hamfri ilmiy unvon beradigan dastur emasligini inobatga olgan holda, dastur qatnashchilari o‘z vaqtlarining ko‘pgina qismini kasbiy rivojlanishga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishga bag‘ishlaydilar, bularga AQSh professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari bilan maslahatlar va hamkorliklar, joylarga tashriflar, seminarlar, tadqiqot loyihalari hamda stipendiatlarning o‘z vatanlarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan amaliy jihatdan foydali strategiyalarni ishlab chiqish kiradi.

Dastur talablari
- O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish
- ariza topshirish va saralash jarayonining to‘liq muddati davomida O‘zbekistonda muqim istiqomat qilish
- AQShning bakalavr unvoniga teng bo‘lgan, tugallangan oliy ma’lumotga ega bo‘lish
- Ariza topshirish boshlanishiga qadar kamida besh yillik kasbiy mehnat stajiga ega bo‘lishlari.

AQShdagi avvalgi tajriba
AQShda oxirgi besh yil ichida olti oydan uzoqroq muddat davomida istiqomat qilgan shaxslar ushbu dastur tanlovida ishtirok eta olmaydilar.

Tanlovda ishtirok etish tartibi
Tanlovda ishtirok etish uchun
- topshiriladigan ariza
- ikkita tavsiyanoma
- ingliz tilini bilish darajasini baholash shaklini o‘z ichiga oladi.
Arizalarni qabul qilish bo‘yicha so‘nggi muddat: 16 iyun

Saralash jarayoni
1. Ariza topshirish bo‘yicha so‘nggi muddat tugagach, qabul qilingan barcha arizalar elchixona xodimlari va sobiq stipendiatlardan iborat hay’at tomonidan ko‘rib chiqiladi.
2. Hujjatlari ma’qul topilgan nomzodlar AQSh elchixonasida bo‘lib o‘tadigan suhbatga taklif qilinadi.
3. Suhbatdan so‘ng, eng yaxshi nomzodlar AQSh elchixonasi tomonidan stipendiya olishga tavsiya etiladi. Ushbu nomzodlarga TOEFL testini topshirish uchun vaucherlar beriladi.
4. Hamfri stipendiyalarini olish uchun tavsiya etilgan nomzodlar Uilyam Fulbrayt jamg‘armasining xorijiy stipendiyalar bo‘yicha Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Dastur grantini olganlar (tanlov yilidan) keyingi yilning kuz oylarida AQShdagi universitetlariga jo‘nab ketadi.

Nomzodlarning xususiyatlari
- yetakchilik salohiyati va o‘z jamoasiga manfaat ko‘rsatish istagi;
- yuqori qiziquvchanlik va tashabbus;
- ingliz tilini yaxshi bilish;
- darsdan tashqari va jamoat ishlarida tajriba orttirish va ularga qiziqish;
- Hamfri dasturini targ‘ib qilishga ishtiyoq hamda qaytib kelgandan so‘ng Vatanga xizmat qilish istagi.

Muhim jihatlar
Agar AQShda ilmiy unvon olmoqchi bo‘lsangiz yoki AQShdagi muayyan universitetda tahsil olmoqchi bo‘lsangiz, ushbu tanlovga ariza topshirmasligingiz kerak. Universitetlar stipendiatlarning mutaxassisliklariga muvofiq ravishda tanlanadi.
OTMni yaqinda bitirgan nomzodlar (hatto yuqori lavozimlarni egallayotgan bo‘lsalar ham) topshirgan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Boshqaruv mas’uliyati bo‘lmagan professor-o‘qituvchilar ushbu dasturda qatnasha olmaydi.
To‘liq bo‘lmagan yoki belgilangan muddatdan kechiktirib topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Elchixona dasturga topshirilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan har qanday ma’lumotlarni tekshirish huquqiga ega. Asl vaziyat bilan nomuvofiqlik aniqlangan holatlarda arizachining tanlovdagi ishtiroki to‘xtatib qo‘yiladi.

Grant oluvchilarning barchasi grant davri tugaganidan so‘ng «J» toifasidagi viza talablariga muvofiq kamida ikki yil muddatga o‘z vatanlariga qaytishlari shart.

Grantga nimalar kiradi?
- Universitetlarga kirish uchun topshiriladigan testlar xarajatlari qoplanishi
- J-1 toifasidagi vizani (Almashuv dasturi vizasi) olishda yordam
- Ekonom-klass toifasidagi ikki tarafga uchish aviachiptasi
- Tibbiy sug‘urta
- AQShda yashash xarajatlari (stipendiya stipendiatga hamrohlik qiluvchi oila a’zolarining xarajatlarini qoplamaydi)
- AQShda o‘qish boshlanishidan oldingi tanishtiruv dasturi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘rta yoshdagi mutaxassislar AQShda tahsil olishi mumkin