date

Gvardiola Holand, Husanov va Rodri haqida yangilik aytdi

Gvardiola Holand, Husanov va Rodri haqida yangilik aytdi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Liga Kubogi 4-bosqichi oldidan jamoa holati haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis muxlislarni qiziqtirgan uch asosiy futbolchi — Erling Holand, Rodri va Abduqodir Husanov haqida ma’lumot berdi.

“Erling Holandni bugun ko‘rmadim. Uning oyog‘ida kichik shikast bor. Tushdan keyingi mashg‘ulotda uning holatini baholaymiz va o‘zini qanday his qilayotganini ko‘ramiz. Hozircha aniq gap yo‘q, lekin ehtiyotkorlik bilan yondashyapmiz,” — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Shu bilan birga, u Abduqodir Husanovning jarohatidan to‘liq sog‘ayganini ma’lum qildi. “Abduqodir Husanov to‘liq tayyor. U jamoa bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazmoqda va ertaga o‘yinga chiqadi. Hatto bir necha daqiqa bo‘lsa ham, uni maydonda ko‘ramiz,” — deya ta’kidladi murabbiy.

Rodri haqida so‘z ketganda, Pep uning hali tiklanish jarayonida ekanini eslatdi. “Rodri hali o‘ziga kelmadi, u alohida tiklanish mashg‘ulotlarini bajaryapti. Uning sog‘ayishi kutilganidan biroz uzoqroq bo‘ldi, ammo yaqin kunlarda jamoa safida bo‘ladi,” — dedi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Liga Kubogi 4-bosqichida “Suonsi Siti” mehmoni sifatida maydonga tushadi. Uchrashuv 29-oktyabr kuni soat 00:45 da start oladi.

Gvardiolaning bu so‘zlaridan keyin muxlislar ayniqsa Abduqodir Husanovning qaytishiga katta qiziqish bilan intiq bo‘lmoqda. 21 yoshli o‘zbek himoyachisi “Siti”dagi ilk mavsumidayoq ishonch qozongan va uning harakatlari klub tarafdorlari orasida alohida muhokamaga sabab bo‘lgan.

Endi e’tibor — Husanov maydonga qaytadigan, Pep uchun muhim sinov bo‘ladigan “Suonsi” uchrashuviga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Holand, Husanov va Rodri haqida yangilik aytdi