12:50 / 01.05.2019
4 466

Davlat xizmatlari agentligining faoliyati qoniqarlimi? (1-qism)

Davlat xizmatlari agentligining faoliyati qoniqarlimi? (1-qism)
Fuqarolarga qulaylik yaratish, ovoragarchiliklar, sansolarliklarning oldini olish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Ushbu agentlik tashkil etilganidan buyon OAVda uning faoliyati toʻlaqonli yoritib kelinmoqda. Ammo tahririyat tomonidan xalq orasidagi baʼzibir mish-mishlar oʻrganib chiqilib, Davlat xizmatlari agentligining mutaxassislari bilan suhbat uyushtirildi. Suhbat davomida DXAning tashkiliy-tahlil boʻlimi bosh maslahatchisi Jasur Niyazov bizni qiziqtirgan ayrim savollarga javob berdi.

— Davlat xizmatlari agentligi nima uchun “yagona darcha”, “birdarcha” deb ham ataladi?
— Mamlakatda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda va modernizatsiya qilinmoqda, bu aholining hayot sifati, investitsiya iqlimi, ishchanlik muhitini yaxshilash va biznesni rivojlantirish imkonini beradi.
2003 yilda tadbirkorlik subyektlari tegishli davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili boʻyicha olish imkoniga ega boʻlishdi.
Avvallari, tadbirkorlar yangi ishni boshlash uchun bir nechta davlat idoralari va tashkilotlarga qatnab sarson boʻlishardi. Xususan, davlat roʻyxatidan oʻtish, ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish yuzasidan puxta biznes-loyiha tuzish, tegishli ish oʻrniga ega boʻlish, banklar xizmati bilan tanishish va kredit olish, davlat soliq idoralariga uchrashish kabi yugur-yugurlar endilikda bir idoradan yaʼni “Yagona darcha” markazidan hal qilinadigan boʻldi.
Bu degani barcha ishlari bitta joyda hal qilish imkoni yaratildi.
Davlat xizmatlari markazlari ilgari mavjud boʻlgan “Yagona darcha” markazlari bazasida tashkil etilgan boʻlib, asosiy tamoyillaridan biri — fuqarolarning barcha xizmatlarini bitta joyda olish imkoniyatini yaratish. Yaʼni bitta hujjat olish uchun bir necha davlat idoralariga yurmasdan, Davlat xizmatlari markazining oʻzida olish.

— DXAning fuqarolar uchun qulaylik tomonlarini aytib oʻtsangiz?
— Avvallari “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish imkoniyatidan faqat tadbirkorlik subyektlari foydalanishi mumkin edi. Bunda fuqarolar hanuzgacha turli davlat organlarida hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha murakkab tartib-taomillardan oʻzlari oʻtishga majbur boʻlishgan.
Qator davlat organlarida axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarining mavjud emasligi, ular idoralararo integratsiya qilinishining past darajada ekanligi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha davlat xizmatlari majmuasidan qulay va oʻz vaqtida foydalanishni taʼminlamagan edi.
Koʻpchilik davlat xizmatlarini koʻrsatishning tartib-taomillari murakkab va foydalanish uchun qiyin boʻlib qolmoqda, narxni shakllantirish mexanizmlari shaffof emas, alohida hollarda tor idoraviy manfaatlarda “monopol” xizmatlar koʻrsatishga talablar belgilan edi.
Davlat xizmatlari agentligi ushbu muammolarni bartaraf etish uchun tashkil etilgan. Asosiy maqsadimiz — fuqarolarimizga tezkor, qulay va shaffof davlat xizmatlarini koʻrsatish, xizmat koʻrsatish tartibotlari va jarayonini soddalashtirish, byurokratiyaga chek qoʻyish.


— DXA tomonidan qanday maʼlumotlar berilmasligiga yana bir bor aniqlik kiritsangiz?
— Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 100 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatiladi. Ularning ruyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://davxizmat.uz/services
Roʻyxatda mavjud boʻlmagan xizmatlar koʻrsatilmaydi. Masalan, “mahalladan spravka” markazlar orqali berilmaydi.

—DXAda faoliyat yuritayotgan xodimning birinchi oʻrinda vazifasi nimalardan iborat?
— Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz va “ishonch telefoni” orqali kelib tushayotgan murojaatlar tahlilidan soʻng, Davlat xizmatlari markazlari xodimlari rioya etishi lozim boʻlgan tamoyillar ishlab chiqildi va rasman tasdiqlandi.
Bundan tashqari, endi har bir DXMda administrator burchagi tashkil etilib, u orqali fuqarolar oʻzlarini qiziqtiradigan savollarga javob olishlari mumkin boʻladi, Markaz direktori esa har bir tashrif buyuruvchini shaxsan kutib olishi belgilandi.

—Fuqaro xizmatdan rozi boʻlishi uchun xodim nimalarga amal qilishi kerak?
— Davlat xizmatlari markazlari xodimlari kuyidagi tamoyillarga amal qilishlari kerak:


[b]—Murojaat bilan kelgan fuqaroga xodim qoʻpol munosabatda boʻlsa qanday chora koʻriladi? (Eslatib oʻtamiz, Davlat xizmatlari markazlarida shunga oʻxshash voqealar takrorlangan)

—Yuqorida aytib oʻtganimdek, Davlat xizmatlari markazlari xodimining fuqaro bilan munosabatlarini tartibga solish uchun maxsus tamoyillar ishlab chiqilgan va Agentlik rahbariyati tomonidan tasdiqlangan.
Shunday boʻlsa-da, avvalo har bir holat sinchiklab oʻrganiladi. Ushbu salbiy holat oʻz tasdigʻini topsa, fuqarolar bilan qoʻpol munosabatda boʻlgan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy choralar koʻrilishi mumkin.

—Agarda fuqaroning maʼlumotnomasi tayyor boʻlgan boʻlsa-yu, fuqaro kelmasa, maʼlumotnoma nima qilinadi?
—Avvalo bugun jamiyatimizni har bir aʼzosi huquqiy madaniyati yetarli darajada, yaʼni har bir markazga tashrif buyuruvchi shaxs aynan qaysi kuni tayyor hujjat uchun kela olishini aniqlashtirib ketadi. Qolaversa, tayyor boʻlgan maʼlumotnoma uchun maxsus xabar sms shaklida yetkaziladi. Turli sabablarga koʻra kela olmagan, bu haqida Davlat xizmatlari markazlarini ogohlantirgan va ayniqsa olis hududlar aholisiga qulaylik yaratish maqsadida “mobil”, yaʼni sayyor xizmatlar koʻrsatiladi. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari maxsus jihozlangan “Damas” va avtobuslar bilan taʼminlangan.
Qolgan hollarda, fuqaro kechikib markazga murojaat qilsa, uning maʼlumoti elektron bazada saqlanadi va zaruratga koʻra, taqdim etiladi.

Nilufar Murodova suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat xizmatlari agentligining faoliyati qoniqarlimi? (1-qism)