20:15 / 16.05.2019
2 922

O‘zimizning yangi xorijiychi avlod...

O‘zimizning yangi xorijiychi avlod...
Toshkentga borganimizda ilk kun oqshomda elchimiz Sureyya Er va uning muhtarama ayoli bizni mehmon qilishdi.

Juma namoziga elchimiz, Istanbul Sabohattin Zoim universiteti rektori Mehmet Bulut hamda Xorijdagi turklar va qarindosh xalqlar idorasining sobiq rahbari Qudrat Bulbul bilan birga bordik.

Toshkentning markazidagi ko‘rkam masjid. Masjidda ham, atrofida ham joy yo‘q. Yon ko‘chalarda hamma qo‘lida joynamoz bilan joy qidirib yuribdi. Biz ham masjidga qo‘shni ko‘chadagi bo‘sh joyga joynamozlarimizni yozib, o‘zbek qardoshlarimiz bilan birga saf tutdik.

O‘zbekistonda masjidlar to‘lib-toshgan. Ustiga-ustak, yoshlar bilan!

Asrni yomg‘ir yog‘ayotgan bir paytda o‘qiganimizda ham masjidning to‘lib-toshgani, jamoatning katta qismi yoshlardan iboratligi ham bizni hayron qoldirdi, ham xursand qildi.

Xo‘sh, buning siri nimada?
Turkiyada masjidlar bo‘sh qolayotgan bir paytda O‘zbekistondagi masjidlarning ayniqsa yoshlar bilan to‘lib-toshishining siri nimada?
Biz bilmagan kuchli tariqatlar, jamoatlar bormi O‘zbekistonda?

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) vakili Ali Ihsan Chag‘lar buni mahalla hayoti, demakki, madaniy identifikatsiyaning saqlab qolingani bilan izohlaydi.

“O‘zbek oilasi yashayapti, – deydi u. – Bu yerda osmono‘par binolar qurilishiga ruxsat yo‘q. Mahalla madaniyati juda kuchli. Uylarida katta hovlilari bor, insonlar ana shu hovlilarda bahamjihat, bir necha avlod birga yashaydi. Shu sababli oiladagi munosabatlar, aka-ukachilik, haq-huquq tuyg‘usi juda kuchli bu yerda. Masalan, hech kim o‘g‘irlik qilmaydi, yo‘lda bir-birini bo‘g‘ozlamaydi, halim insonlar ular”.

Modernlikning kiri, zangi, xudbinligi va ruhsizligi, kapitalizmning ado qiluvchi jozibasi hali bu yerlarga yetib kelmabdi!

Yangi xorijiychilar avlodining kelishi

Kech bo‘lsa-da, yo‘limizni ochadigan yangi xorijiychilar va diplomatlar avlodi kelyapti!
Sureyya Er bey buning eng go‘zal misollaridan biri.

Chadda elchilik qilayotgan paytda biz u yerga borganimizda tanishgan Ahmad Kavas domla ham ististo elchilarimizdan. Avval Parijda madaniyat attashesi bo‘lib ishlagan, keyin Jibuti elchisi tayinlangan idealist, tamaddun ufqi chegara bilmaydigan Hasan Yavuz bey ham ana shu istisnolardan biri edi.

Ham tamaddun ufqi, ham harakatchanlik qobiliyati yetuk Somalidagi elchimiz Kani Torunni ham eslab o‘tishim kerak mutlaqo.

Sureyya bey ham Ahmad Kavas singari, Hasan Yavuz singari, Kani Torun singani tamaddun shuuri, ufqi va iddaosi favqulodda bo‘lgan elchilarimiz sirasiga kiradi. Jo‘g‘rofiyani juda yaxshi biladi. Ayniqsa, madaniy va strategik jo‘g‘rofiyani. TİKAda bir necha yil boshliqning bu jo‘g‘rofidan mas’ul o‘rinbosari bo‘lib ishlaganining, tajribali diplomat ekanining bunda hissasi katta bo‘lsa kerak.

Tamaddun ildizlarimizni tiriltirish ilinji

Shuning uchun ham Sureyya beyning o‘ziga ishonchi yuksak. O‘zbekistonda Xuroson va Turkistondagi Movaroannuahr tamaddun havzasining mevasi bo‘lmish qadimiy qo‘lyozmalar saqlanadigan kutubxona ochish, bu yerga nafaqat mintaqa, butun dunyo olimlarini yig‘ishni o‘ylayapti!

Bu borada O‘zbekiston boshqaruvi bilan ham muzokaralar o‘tkazibdi.
Surayya beyga xususda Oliy ta’lim kengashi, umumda hukumat ko‘mak berishi zarur. Kamida ikki jihatdan.

Birinchidan, bunday elchilarimiz shu paytgacha deyarli yo‘q edi. Ikkinchidan, Turkiston va Xuroson Islom tamadduni duch kelgan, mo‘g‘ullarning va salibchilarning hujumlari bilan cho‘qqiga chiqqan tamaddun inqirozini yengib o‘tishimizni ta’minlagan bunyodkor zehniyat va irodani, himoyachi qudrat va ruhni rivojlantirgan holda saljuqiylar va usmoniylar bilan haqiqatga aylantirilgan tamaddun “portlashi”ning manbasi bo‘lgan.

Arnold Toynbi usmoniylarni to‘xtatib qolishning, musulmon Hindistonning, turk va arab dunyosining parchalanishining eng muhim natijasi ahli sunnatning parokanda bo‘lishi haqidagi haqiqat ekanini aytgan edi.

Biz Xurosan va Turkiston havzasida amalga oshirgan tamaddun taraqqiyotining ikki jihati bor: irfoniy tajriba bilan ko‘ngilni fath etuvchi inson tarbiyalangan hamda ahli sunnatning yordami bilan Islom dunyosini ilk bor aqidaviy, fikriy va siyosiy o‘laroq oyoqqa turg‘izgan, ortidan Yevropaning ichlariga qadar yetib borgan bir nizom barpo etilgan.

Islom dunyosi ikki asrdan beri boshidan o‘tkazayotgan ikkinchi yirik tamaddun inqirozini xuddi shu – Makka va Madananing proyeksiyalari bo‘lgan avval inson, keyin nizom tamoyilini hayotga tatbiq etgan holda oshib o‘tamiz. Buning uchun kelgusi ming yilni ham bizning barpo etishimizni ta’minlaydigan uzun va mashaqqatli safarga chiqamiz...

Xullas, tarix bizni chaqiryapti. Dunyo bizga intizor, biz esa haqiqatga.
Yusuf Qoplon, “Yangi shafaqa” gazetasi, Turkiya

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zimizning yangi xorijiychi avlod...