Valverde: "Real"ning mag'lubiyatiga izoh berdi

Valverde: "Real"ning mag'lubiyatiga izoh berdi

Valverde: "Real"ning mag'lubiyatiga izoh berdi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Chempionlar ligasi doirasida "Liverpul"ga qarshi uchrashuvda (0:1) jamoasining mag'lubiyatiga izoh berdi. Uchrashuvning yagona golini "qizillar" safidagi yarim himoyachi Aleksis Mak Allister 61-daqiqada kiritdi.

"Biz "Enfild"ga g'alaba uchun kelgan edik. Bu yerda o'ynash juda qiyin, "Liverpul" doim kuchli pressing uyushtiradi.

Ammo bizda ham, ularda ham imkoniyatlar bo'ldi. Bugungi o'yinda standart vaziyat hal qiluvchi rol o'ynadi.

Bunday holatlarda yaxshiroq himoyalanishimiz, ko'proq qat'iyat va istak ko'rsatishimiz kerak edi", – dedi Valverde Madrid Universal nashriga bergan intervyusida. "Liverpul" va "Real" jamoalari guruh bosqichining to'rt turidan so'ng 9 ochkodan to'pladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar