Ryudiger: Bu tanaffus menga zarur edi

Ryudiger: Bu tanaffus menga zarur edi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger jarohatdan keyin tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi. "Maydonga qaytishni intizorlik bilan kutyapman.

Bu tanaffus menga juda zarur edi, sababi klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan keyin mavsumoldi tayyorgarlik juda qisqa bo'ldi. Jamoamizda hammasi yaxshi ketayotgani va katta rahmatki, ko'p jarohatlar yo'qligi meni xursand qiladi", – dedi futbolchi Madrid Xtra nashriga bergan intervyusida.

32 yoshli futbolchi joriy mavsumda faqat bir marta Ispaniya chempionatida maydonga tushgan va samarali harakatlar qayd etmagan. Hozirda "Real" UEFA Chempionlar ligasi to'rtinchi turida safarda "Liverpul"ga qarshi bahs olib bormoqda.

O'yin tafsilotlarini matnli translyatsiyamizda kuzatishingiz mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar