
Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, soliq inspeksiyasi xodimi qo‘lga olindi. DXX xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida Ohangaron tumani hududida safarbar tekshiruvlarga mas’ul bo‘lgan soliq inspeksiyasi xodimi 5 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mablag‘ evaziga gumonlanuvchi Angren shahrida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaligi rahbariga safarbar soliq tekshiruvi bo‘yicha ijobiy xulosa chiqarishga va bir yil davomida soliq idorasining xo‘jalik faoliyatiga aralashmasligiga va’da bergan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Pora olish” moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchini 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutmoqda.
Angrenda fermerdan pora olgan soliqchi ushlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar