date

Ispaniyada fojea: 15 yoshli futbolchi vafot etdi


Ispaniya futbolida ogʻir yoʻqotish yuz berdi. "Saragosa" yoshlar jamoasida oʻynagan 15 yoshli Xorxe Kasado hayotdan koʻz yumdi.

Ispaniyaning Marca nashri xabariga koʻra, futbolchi tabiiy sabablar tufayli oʻz uyida vafot etgan. Klub ushbu fojea munosabati bilan motam eʼlon qildi va marhumning oilasiga qoʻllab-quvvatlash bildirdi.

"Biz Xorjening oila aʼzolari va yaqinlari qaygʻusiga sherikmiz. Tinch yot, Xorje", – deyiladi "Saragosa" matbuot xizmatining bayonotida.

Klub futbolchilari bu xabarni eshitgach, navbatdagi mashgʻulot vaqtida bir daqiqa sukut saqlashdi. Xorje Kasado "Saragosa" akademiyasiga 9 yoshida qabul qilingan va bu yil u oʻzining oltinchi mavsumini oʻtkazayotgan edi.

Hozirda "Saragosa"ning asosiy jamoasi Segunda turnir jadvalida soʻnggi oʻrinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniyada fojea: 15 yoshli futbolchi vafot etdi