
Arsenal jamoasi soʻnggi o‘yinlarda himoyadagi mustahkamligi bilan ajralib turmoqda. Avval xabar berganimizdek, «kanonirlar» JCH-2025/2026 mavsumida oʻtkazgan to‘rt o‘yinda ham g‘alaba qozonib, umumiy hisobda 11:0 natijani qayd etishdi.
Agar Arsenalning barcha musobaqalardagi so‘nggi 8 uchrashuvini hisobga olsak, jamoa bu oʻyinlarning birortasida ham gol o‘tkazmadi va barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozondi. Oxirgi marta Arsenal 28-sentabr kuni gol oʻtkazgan edi.
Oʻsha uchrashuvda ular safarda Nyukasl jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etishdi. Shundan buyon Arsenal 8 ta oʻyinda g‘alaba qozonib, umumiy hisobda 17:0 natija qayd etdi.
2025/2026 mavsumida Arsenal jami 16 ta uchrashuv oʻtkazgan va faqat 3 ta gol oʻtkazgan. Bu gollar Liverpul, Manchester Siti va Nyukasl jamoalariga tegishli.
Arsenal oʻzining navbatdagi uchrashuvini 8-noyabr kuni Premer-liga doirasida Sanderlendga qarshi oʻtkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing