
Barselona futbolchisi Rafinya Dias jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flikning faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Kataloniyaliklar nemis murabbiyi qo‘l ostida o‘tgan debyut mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.
Jamoa ichki chempionatdagi barcha uchta sovrinni qo‘lga kiritib, Chempionlar Ligasi yarim finaliga qadar yetib bordi. "Flik har bir futbolchining imkoniyatlarini ko‘ra oladi va ulardan eng yaxshi qirralarni namoyon qilishga yordam beradi.
U menga maydonda aqlli o‘yin ko‘rsatishni, bo‘sh hududlarni yaxshiroq anglashni o‘rgatdi. Taktik tomondan intizomliroq bo‘lib, ijodiy erkinlikni yo‘qotmadim.
Murabbiy jamoaga ishonch va birlik mentalitetini singdirdi. Bu omillar bizga o‘yin darajasini oshirish va ilgari imkonsizdek tuyulgan natijalarga erishishga yordam berdi", – dedi braziliyalik vinger o‘z intervyusida.
Chorshanba kuni "ko‘k-anorranglilar" Chempionlar Ligasi doirasida Belgiya klubi "Bryugge"ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing