Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining O‘zbekistonga tashrifi davomida ularning xavfsizligini ta’minlash bilan endilikda O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati shug‘ullanadi.
Bugun Senat tasdig‘idan o‘tgan qonunga asosan, Davlat xavfsizlik xizmatining bu yo‘nalishdagi vakolati bekor qilinmoqda.
Senatorlar DXXning mazkur vakolati belgilab qo‘yilgan "Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonundan tegishli bandni chiqarib tashlash taklifini ma’qullashgan.
O‘zgarishlarga muvofiq, "Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunga quyidagicha yangi modda qo‘shiladi:
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, uning oila a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan davrda qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan chet davlatlar va hukumatlarning, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining va boshqa shaxslarning xavfsizligini hamda shaxsiy daxlsizligini ta’minlaydi;
– qo‘riqlanuvchi shaxslarning doimiy va vaqtinchalik tashrif buyuradigan joylarini, shuningdek harakatlanish yo‘nalishlari xavfsizligini ta’minlaydi;
– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi".
Shuningdek, yangi qonunda Prezident davlat xavfsizlik xizmati organlariga huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, qo‘riqlanuvchi shaxslarning manfaatlari, xavfsizligi va daxlsizligiga qarshi huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning hisobini yuritish kabi vazifalar ham yuklanyapti.
Qator qonunlarga Prezidentning Davlat xizmatlik xizmatiga taalluqli o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi yangi qonun 80 ta ovoz bilan Senat tasdig‘idan o‘tdi.
Hujjat prezident imzolab, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati – prezidentning 2018 yil 24 yanvardagi Farmoni asosida tashkil etilgan.
Davlat rahbarining 2018 yil 21 fevraldagi Qarori bilan "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Nizom ham tasdiqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi