19:25 / 04.02.2020
6 176

Sovet hokimiyatining o‘z xalqiga qarshi vahshiyona jinoyatlari

Sovet hokimiyatining o‘z xalqiga qarshi vahshiyona jinoyatlari
Sovet hokimiyatining o‘z xalqiga qarshi qilgan vahshiyona jinoyatlari haqida Ildiz kanali maqola e’lon qilindi. Xullas, faqat faktlar.
Sovet hukumati nimadan boshlangandi? Qizil terrordan – bolsheviklar “inqilob dushmanlarini”, ularni sinfiy belgilarga ko‘ra saralagan holda, muntazam ravishda yo‘q qilib keldi: butunboshli qishloq va oilalar, ziyolilar qatlami, dvoryanlar, savdogar ahli, kazak va dehqonlar otib tashlandi.

Tarixchi Volkovga ko‘ra, o‘ldirilganlar soni chamasi ikki million bo‘lgan.
1919 yil oxirida general Denikin tomonidan tuzilgan maxsus komissiya faqat 1918-1919 yillarda Sovet hukumati qo‘lidan halok bo‘lganlarning sonini aniqlagan: 1.766.188 kishi (260.000 askar va 54.650 ofitser, 1,5 ming ruhoniy, 815 dehqon, 193 ming ishchi, 59 ming politsiyachi, 13 ming yirik yer egasi va 370 mingdan oshiq ziyoli va burjuaziya vakillarini qo‘shib hisoblaganda).

Endi bu yog‘iga bolsheviklar tomonidan ataydan rejalashtirilgan 20-30-yillarda Volgabo‘yi, Ukraina, Qozog‘istondagi ocharchiliklarni ko‘rib chiqamiz.
Volgabo‘yida 1921-1922 yillardagi ocharchilik 5 million kishining yostig‘ini quritdi. Buning asosiy sababi – oziq-ovqat razvyorstkasidir (qizillar dehqonlardan majburiy ravishda ularning nonini tortib olishi). Odamlardan nafaqat non, balki barcha oziq-ovqat zaxiralari tortib olingan.

So‘ng 1932-1933 yillarda ocharchilik bo‘ldi, buning natijasida 7 million kishi nobud bo‘ldi. Nonsiz qolgan dehqonlar bir necha oylardan so‘ng o‘lim topdi. Aksariyat o‘zini kannibalizmga urdi, vaziyat hatto o‘z farzandini ham yeyishgacha olib borgan.

Bu bilan parallel holda xalqni juda dahshatli ommaviy talash bo‘lib o‘tdi – lenincha “talaganni tala” shiori hayotga tatbiq qilingan holda xususiy mulk burjua sarqiti deb e’lon qilindi. Bolsheviklar ommaviy ravishda mehnatkashlarning xususiy mulklarini, ularni birovlarni ekspluatatsiya qilish orqali o‘zlashtirgansan bahonasi ostida, tortib oldi.

Bunda bolsheviklar xususiy mulk kishining o‘z mehnati ortidanmi yoki birovlarni ekspluatatsiya qilish orqali kelganiga aniqlik kiritmagan.
Natijada odamlardan majburiy ravishda boyliklar, pullar, mulklar, san’at asarlari, qimmatbaho buyumlar, chorva, transport va boshqa narsalari tortib olindi.
Bularning bari kommunistlar tomonidan amalga oshirilib, davlat (aslida partiya) mulkiga aylantirildi, lekin asosiy qismi arzimagan pulga G‘arbga sotib yuborilgan.

Sovet hukumatining yana bir jinoyati – me’moriy inshootlar, arxitektura durdonalari, ibodatxonalar butun SSSR bo‘ylab ommaviy yakson qilindi. Kommunistlar tomonidan o‘n minglab ibodatxonalar, soborlar, masjidlar buzib tashlangan. Ular bilan birgalikda tariximiz bitilgan shoh asarlar ham yo‘q qilindi. Natijada hozirda yashayotgan millionlagan avlodlar o‘z ajdodlaridan, ularning kim bo‘lgani va kimlarga tegishli bo‘lganidan ajrab qoldi.

30-yillar qatag‘oni to‘g‘risida ko‘p yozilgan. Bu mavzu bo‘yicha bahslar hali davom etadi. Lekin qancha odam halok bo‘lgani, u 5 million bo‘ladimi yoki 25 million, ahamiyati yo‘q. Manavi haqiqat muhim: sovet hukumati olim, shifokor, muhandis, muallim, ziyolilar qatlami vakillari, ruhoniylarni poligonlarda otib tashlagan. Bunday poligonlar butun Ittifoq hududi bo‘ylab sochilib yotgan: Kommunarka, Butovskiy, Sandarmox, Pivovarixa, Yagunovka, Koyrankangas, Kuropati, Zolotaya goraka va tag‘in yuzlab shunday poligonlar 30 yillarda sovet xalqining ommaviy qatag‘on qilinganiga isbot bo‘lib xizmat qiladi.

Yana bir jinoyat – bu ommaviy poraxo‘rlikdir, bu to‘g‘rida bugungi kunda go‘yoki Sobiq Ittifoq davrida poraxo‘rlik bo‘lmagan, deb aytishmoqda. Bu odamlarni yanglishtiradigan navbatdagi afsonadir. 1940 yillar oxirida (!) SSSR prokurori Grigoriy Safanovning maxfiy dokladidan shu narsa xulosa qilinadiki, butunboshli sovet sud tizimi yuqoridan pastgacha poraxo‘rlikka botib ketgan, SSSRda poraxo‘rlik, lavozimlarni sotish gullab-yashnagan. Lekin oddiy odamlarga bunday narsalar mavjud emasligi haqida qulog‘iga quyilgan.

Faqatgina 80-yillarda Georgadze, Medunova, Shyolokova kabi “delo”lar haqida yuqori ovozda gapirila boshlanganda, buni hamma bildi.
Bu odamlar aslida sovet xalqiga emas, o‘zining cho‘ntagiga xizmat qilgan, tintuv jarayonida ularda millionlab pullar, yirik summalardagi valyutalar, o‘nlab kilogramm qimmatbaho toshlar, nodir san’at asarlari topildi.

Qiziqqanlar o‘zlari shunga o‘xshash ishlar bilan tanishib chiqishlari mumkin.
Masalan: “Baliq ishi” (“Okean”), paxta ishi, Sochi-Krasnodar ishi, Ozarbayjon ishi, №1 gastronom ishi, sovet militsiyasi poraxo‘rligi to‘g‘risida va Volgograd ishi singari.

1969 yilda SSSR bo‘ylab “ozarbayjon ishi” o‘t oldiki, bunda yuqori lavozimga ega bo‘lishning narx-navolari ma’lum bo‘ldi. Sudya bo‘lish bahosi 30 ming rubl bo‘lgan, raykom kotibi lavozimi uchun esa 100 ming tashlash kerak bo‘lgan.
Moskvada magazin direktorligi uchun 10 mingdan 30 ming rublgacha to‘lashgan (tovar aylanmasidan kelib chiqqan holda). Mamlakat bo‘ylab o‘rtacha oylik esa 100 rubl bo‘lgan.

Sovet hukumatining navbatdagi jinoyati – bu haqiqiy qulchilik va xalq mehnatini o‘ziniki qilib olishdir.
Sovet kolxozlarida odamlar pul uchun emas, balki ish (mehnat) kuni uchun ishlagan – qaydnomaga “galochka” tushishi uchun. 60-yillar oxirigacha maoshni don yoki tariq ko‘rinishida olishgan.

SSSRdagi ko‘plab ishlab chiqaruvchi obektlari yolg‘on chaquv bilan nohaqdan zindonga tashlangan millionlab mahbuslar tomonidan bunyod qilingan.
Yetarli darajada ma’lumki, aynan SSSR mahbuslari Belomor-Boltiq kanali, Moskva kanali, Volgo-Don kanali, Noril tog‘-metallurgiya kombinati, Volga, Jiguli, Uglich, Ribin va boshqa shu kabi inshootlarni bunyod qilgan.

Xalqni ommaviy kriminallashtirish – bu sovet hukumatining yana bir jinoyatidir.
Axir hech qachon Rossiya va qo‘shni o‘lkalarda bu darajada ko‘psonli turma va lagerlar bo‘lmagan. Agar podsho Rossiyasi davrida mahbuslar jazo o‘taydigan lagerlar 200 mingdan oshmagan bo‘lsa, SSSRda bularning adadi yildan yilga o‘sib borgan.

Natijada 60-70 yillarga kelib, o‘n millionlab sovet fuqarolari hibsga tashlandi. Bu jinoyatning muqarrar ravishda doimiy o‘sishiga olib keldi.

Sovetlarning xalqqa qarshi harakatlarini eslay turib, ommaviy ichkilikbozlikni eslamasdan bo‘lmaydi. Deyarli barcha sovet komediyalarida, 50-yillardan boshlab, aroq daryo bo‘lib oqadi. 1970-yillar oxiriga kelib SSSRda spirtli ichimliklar iste’moli mamlakat tarixidagi rekord darajaga yetdi. Ilgari Rossiya imperiyasida alkogol iste’moli kishi boshiga yiliga 5 litrdan oshmagan bo‘lgan.

KPSS MK Politbyuro a’zolari M.S. Solomensev va Ye.K. Ligachyov shuni bildirishdiki, sovet iqtisodiyoti stagnatsiyasi sabablaridan biri “kommunizm qurish”ning ma’naviy-axloqiy qadr-qiymatning ommaviy qulashida hamda mehnatga xo‘jako‘rsinida munosabatda bo‘lishdadir – bunga asosiy sabab ommaviy ichkilikbozlikka berilishdir.

Bu haqda eslamaslikning iloji yo‘q: SSSRda rejimga qarshi borganlar majburan ruhiy xastalar kasalxonasi orqali jazolangan. Bunday jazoni Sobiq Ittifoqda taxminan 2 million kishi o‘tagan.

Buni ham eslamaslikning iloji yo‘q – Kompartiya tomonidan iste’mol mahsulotlari va tovarlar taqchilligi sun’iy ravishda hosil qilindiki, bu aholini oddiy non va sut uchun turnaqator navbatlarda turishga majburladi.

Binoyidek go‘shtga yetish katta omad va kamdan-kam holat bo‘lgan. Turli davrlarda tovarlar sotuvi “talon” yoki ro‘yxat bo‘yicha berildi, masalan, bir qo‘lga 1 kilodan oshirmagan tarzda. Bu haqiqiy lagerning o‘zginasi.

Bu kabi misollarni yana va yana beraverish mumkin: dahshatli sharoitdagi roddomlar, qattiq senzura, kommunalkalar va ko‘plab boshqa narsalar.

Afsuski, aksariyat vatandoshlarimiz kommunistik tuzumning xalqqa qarshi amalga oshirgan haqiqiy jinoyatlarini hech qanaqasiga tushuna olmaydi. Garchi ko‘plab boshqa mamlakatlarda allaqachon ko‘zlar ochilgan bo‘lsa ham.

Masalan, 1993 yilda Chexiyada “Kommunistik rejimning qonunga xilofligi to‘g‘risida Qonun” qabul qilindi, unda deyiladiki: “Chexoslovakiya Kommunistik partiyasi, uning rahbariyati va a’zolari 1948-1989 yillar ichida hokimiyat tepasida amalga oshirgan usullari, ayniqsa an’anaviy yevropacha sivilizatsiya qadr-qimmatlarini programmalashtirilgan holda yakson qilgani, inson huquq va erkinliklarini ongli ravishda buzgani, ruhiy va iqtisodiy tanazzul, tarbiya, ta’lim, ilm-fan va madaniyat suistemolligi, tabiatni ayovsiz bitirgani uchun javobgardir.”

1989 yilda Ruminiyada xalqqa qarshi jinoyatlari, qatliomi, iqtisodni izdan chiqargani uchun Ruminiya Kompartiyasi MK Bosh Kotibi Nikolay Chaushesku va rafiqasi Yelena otib o‘ldirildi.

2014 yilda Kampuchiya kommunistik partiyasining sobiq raislari – qizil kxmerlar Nuon Chea, Ta Mok, Iyeng Sari, Kxiyeu Sampxan va boshqa safdoshlari insoniyatga qarshi jinoyatlari va Kambodja xalqining genotsidi uchun maxsus sud bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sovet hokimiyatining o‘z xalqiga qarshi vahshiyona jinoyatlari