14:17 / 17.02.2020
2 730

Qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar ro‘yxati ochiqlandi

Qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar ro‘yxati ochiqlandi
Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e’lon qilingan qarori loyihasiga ko‘ra, qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar ro‘yxati, qurolga egalik qiluvchi fuqarolarning tibbiy tekshiruvdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar ro‘yxati

Fuqaroviy qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar:

I. Ruhiy va asab kasalliklari:
1. Organik va simptomatik buzilishlarni o‘z ichiga qamrab olgan ruhiy buzilishlar (demensiya; alkogol va boshqa ruhiy faol moddalar sabab bo‘lmagan organik amnestik sindrom va deliriy; bosh miya zararlanishi yoki disfunksiyasi yoxud fiziologik kasalliklar natijasidagi ruhiy buzilishlar; bosh miya kasalligi, jarohati yoki disfunksiyasi sababli kelib chiqqan shaxs va xulq atvor buzilishi).
2. Shizofreniya, shizotipik va vasvasa buzilishlar (shizofreniya, shizoptik buzilishlar, surunkali va indutsirlangan vasvasa buzilishlar, shizoaktiv, o‘tkir, tranzitor, noorganik yoki boshqa aniqlanmagan psixotik buzilishlar).
3. Affektiv buzilishlar (manikal va depressiv epizod, bipolyal affektiv, surunkali, aniqlanmagan yoki boshqa affektiv buzilishlar).
4. Stress bilan bog‘liq nevrotik va somatoform buzilishlar.
5. Voyaga yetganlarda shaxs va xulq atvor buzilishi.
6. Aqliy zaiflik.
7. Epilepsiya va epileptiform sindromi.
8. Vegeto-sosudli distoniya sinkopal holatlar bilan.

II. Ko‘z kasalliklari:
1. Ko‘rish funksiyasining sezilarli darajada buzilishi bilan bog‘liq ko‘z pardalarining surunkali kasalliklari.
2. Ko‘rish o‘tkirligining korreksiya bilan bir ko‘zda 0,5 (50 foiz)dan pastligi, ikkinchi ko‘zda 0,2 (20 foiz)dan pastligi.
3. Ko‘z to‘r pardasi va ko‘rish nervining kasalliklari (pigmentli retinit, ko‘rish nervi atrofiyasi, to‘r parda ko‘chishi va boshqa).
4. Glaukoma dekompensatsiya davri.

III. Tayanch-harakat tizimi kasalliklari, shikastlanishlari va ularning asoratlari:
1. Qo‘l harakatlarini o‘rta va og‘ir darajadagi cheklanishiga olib keluvchi, qo‘l (ikkala qo‘l) kasallik, shikastlari hamda ularning asoratlari:
- qo‘lning (ikkala ko‘l sohasidan qat’iy nazar) yo‘qligi;
- kaftning siqish va ushlab turish faoliyatini o‘rta va og‘ir darajada buzilishiga olib keluvchi (bilak, kaft, barmoqlar va falangalarning) kasallik, shikastlanishlari va ularning asoratlari.
2. Bo‘yin harakatini sezilarli chegaralanishiga olib keluvchi kasallik, shikastlanishlari va ularning asoratlari.
3. Funksional faoliyat buzilishi bilan kechuvchi harakat a’zolarining tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari (bolalar serebral falajligi, poliemilit asoratlari, pleksitlar).

Xizmat quroliga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar:
I. Ruhiy va asab kasalliklari:
1. Organik va simptomatik buzilishlarni o‘z ichiga qamrab olgan ruhiy buzilishlar (demensiya; alkogol va boshqa ruhiy faol moddalar sabab bo‘lmagan organik amnestik sindrom va deliriy; bosh miya zararlanishi yoki disfunksiyasi yoxud fiziologik kasalliklar natijasidagi ruhiy buzilishlar; bosh miya kasalligi, jarohati yoki disfunksiyasi sababli kelib chiqqan shaxs va xulq atvor buzilishi).
2. Shizofreniya, shizotipik va vasvasa buzilishlar (shizofreniya, shizoptik buzilishlar, surunkali va indutsirlangan vasvasa buzilishlar, shizoaktiv, o‘tkir, tranzitor, noorganik yoki boshqa aniqlanmagan psixotik buzilishlar).
3. Affektiv buzilishlar (manikal va depressiv epizod, bipolyal affektiv, surunkali, aniqlanmagan yoki boshqa affektiv buzilishlar).
4. Stress bilan bog‘liq nevrotik va somatoform buzilishlar.
5. Voyaga yetganlarda shaxs va xulq atvor buzilishi.
6. Aqliy zaiflik.
7. Epilepsiya va epileptiform sindromi.
8. Vegeto-sosudli distoniya sinkopal holatlar bilan.

II. Ko‘z kasalliklari:
1. Ko‘rish funksiyasining sezilarli darajada buzilishi bilan bog‘liq ko‘z pardalarining surunkali kasalliklari.
2. Ko‘rish o‘tkirligining korreksiya bilan bir ko‘zda 0,5 (50 foiz)dan pastligi, ikkinchi ko‘zda 0,2 (20 foiz)dan pastligi.
3. Ko‘z to‘r pardasi va ko‘ruv nervining kasalliklari (pigmentli retinit, ko‘rish nervi atrofiyasi, to‘r parda ko‘chishi va boshqa).
4. Glaukoma dekompensatsiya davri.

III. Quloq kasalliklari:
Eshitish zaifligi (Garanglik IV va undan yuqori darajasi).

IV. Tayanch-harakat tizimi kasalliklari, shikastlanishlari va ularning asoratlari:
1. Qo‘l harakatlarining o‘rta va og‘ir darajadagi cheklanishiga olib keluvchi qo‘l (ikkala qo‘l) kasalligi, shikastlari hamda ularning asoratlari:
- qo‘lning (ikkala ko‘l sohasidan qat’iy nazar) yo‘qligi;
- kaftning siqish va ushlab turish faoliyatini o‘rta va og‘ir darajada buzilishiga olib keluvchi (bilak, kaft, barmoqlar va falangalarning) kasallik, shikastlanishlari va ularning asoratlari.
2. Bo‘yin harakatini sezilarli chegaralanishiga olib keluvchi kasallik, shikastlanishlari va ularning asoratlari.
3. Tayanch-harakat tizimi faoliyatini (qo‘l, oyoq va umurtqa) o‘rta va og‘ir darajada buzilishiga olib keluvchi kasallik, shikastlanishlari va ularning asoratlari.

V. Noinfeksion va infeksion kasalliklar:
1. Qon aylanishi yetishmovchiligi bilan asoratlangan yurak kasalliklari.
2. Yaqqol ifodalangan o‘pka-yurak yetishmovchiligi bilan asoratlangan surunkali o‘pka kasalliklari.
3. Gipertoniya kasalligi III bosqichi.
4. Bronxial astma og‘ir turi;
5. Jigar sirrozi;
6. Buyrak yetishmovchiligi asoratlangan surunkali buyrak kasalliklari;
7. Tireotoksikoz (gipertireoz).
8. Tuberkulyozning har qanday faol turlari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar ro‘yxati ochiqlandi