Tunisda internetda prezidentni tanqid qilgan erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

1 daqiqa o'qish255
Tunisda internetda prezidentni tanqid qilgan erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Tunisda 56 yoshli Saber Shushan internetda mamlakat prezidenti Qays Saidni tanqid qilgan postlari tufayli o‘lim jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda Daily Mail nashri ma’lum qilmoqda. Ushbu qaror bo‘yicha advokat Ussam Butaljaning bayonotida, Nabeldagi sudya mijozini ijtimoiy tarmoqlardagi postlari uchun qatag‘on etgani va uni o‘lim jazosiga hukm qilgani aytilgan. Advokat bu qarorni “ hayratlanarli va misli ko‘rilmagan” deb ta’riflab, hukm ustidan shikoyat allaqachon kiritilganini ma’lum qildi.

Himoyachi ma’lumotlariga ko‘ra, Saber Shushan siyosiy faol emas va oddiy ma’lumotli ishchi bo‘lib, hibsga olinishidan oldin prezident siyosatidan noroziligini bildirgan. Uning ukasi esa “Biz shundoq ham qashshoqlikda yashayapmiz, endi unga zulm va adolatsizlik qo‘shildi. Bu qarorga ishona olmaymiz” degan fikrni bildirgan.

Tunisda o‘lim jazosi kamdan-kam qo‘llaniladi va 30 yildan ortiq vaqt davomida ijro etilmagan. Shunga qaramasdan, bunday qaror ijtimoiy tarmoqlarda keng norozilik va bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab tunisliklar va huquq himoyachilari bu qarorni siyosiy tanqidchilarni qo‘rqitishga urinuvchi qadam sifatida baholashdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yil may oyida Salvador hukumati prezident Nayib Bukeleni tanqid qilgan mashhur advokat Rut Eleonora Lopesni ham hibsga olgan edi. Bu holatlar dunyo bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda davlat rahbarlariga tanqid qilish va so‘z erkinligi masalasini yanada dolzarb qilib qo‘ydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?