date

Yangihayot va Sergelida shifokor reseptisiz kuchli dorilar sotilgan jinoyat fosh qilindi

Yangihayot va Sergelida shifokor reseptisiz kuchli dorilar sotilgan jinoyat fosh qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot va Sergeli tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi. “M.M” MCHJ dorixonasi sotuvchisi D.R. 200 dona, shuningdek, “G.P.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi S.S. 150 dona “Benzonal” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor reseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Andijon shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan S.M. fuqaro X.X.ga 10 dona “Tropikamid” va 10 dona “Regapen” dori vositalarini 3,7 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 10 dona kapsuladagi dori vositasini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyatchilarni aniqlash va dori vositalarining noqonuniy savdosini oldini olish bo‘yicha samarali choralar ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangihayot va Sergelida shifokor reseptisiz kuchli dorilar sotilgan jinoyat fosh qilindi