Qashqadaryoda YTH oqibatida gaz ta’minoti rahbari halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish180
Qashqadaryoda YTH oqibatida gaz ta’minoti rahbari halok bo‘ldi

2025 yil 3 oktyabr kuni tongda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Hodisa oqibatida “Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta’minoti Nishon filiali rahbari hayotdan ko‘z yumdi. Voqea tungi soatlarda sodir bo‘lgan va paxta shtabidan qaytib kelayotgan mashina yo‘l yoqasidagi zovurga tushib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Voqeadan xabardor manba marhumning jasadi tonggacha shu yerda qolganini aytdi.

“Daryo” jurnalistining so‘roviga javob bergan “Hududgaz Qashqadaryo” filiali axborot xizmati Nishon filiali rahbari vafoti haqida tasdiqladi va ta’ziya bildirdi. Biroq, ular marhumning o‘ligi zovurda topilgani va paxta shtabidan qaytib kelayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Ta’kidlanishicha, marhum hodisa vaqtida transport vositasida yo‘lovchi sifatida harakatlangan.

Viloyat gaz filiali vakili “Avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan ekan. Voqea voqean ham tungi paytda sodir bo‘lgan” deb ma’lum qildi.

Qashqadaryo viloyat IIB YHXB axborot xizmati ham “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Nishon tumangaz ta’minoti korxonasi rahbari o‘limiga sabab bo‘lgan YTH 3 oktyabr kuni tongda sodir bo‘lgan. YTHning ikki ishtirokchisi bo‘lgan: ulardan biri shifoxonada vafot etgan, biri tirik qolgan.

Hodisa haqidagi ma’lumotlarga ko‘ra, YTHning ikkinchi ishtirokchisi Nishon tuman Kadastr agentligi tuman bo‘limi xodimi bo‘lgani ma’lum qilingan. Bu fojiali voqea mahalliy aholi orasida chuqur g‘am va hayrat tug‘dirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?