AQSHning Virjiniya shtati, Richmond shahrida yashovchi Alfreda Xokins shkafni tozalayotgan paytda eski lotereya chiptasini topib, 100 ming dollarlik katta g‘oliblikka ega bo‘ldi. Bu haqda Metro nashri xabar bermoqda. Xokins topgan chiptalarni tekshirishni boshlaganda, ulardan biri yutuqli chiqdi va ayolning hayratini cheksiz qiladi.
“Hushimdan ketdim! Bu haqiqatdan ham shok holat edi,” deya hayajonlanib fikr bildirdi Xokins.
Unga maxsus marosimda 100 ming dollarlik ulkan chek topshirildi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, bunday g‘oliblikka erishish ehtimoli 1 101 600 ga 1 nisbatda ekan.
Hozircha Xokins pulni nimaga sarflashini aniqlashtirgan emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘ning bir qismi oilaviy xarajatlarga yo‘naltirilishi mumkin, qolgan qismi esa dam olish va sayyohlik uchun sarflanadi.
Bu g‘oliblik voqeasi Virjiniyadagi lotereya tarixida yana bir qiziqarli voqea bo‘ldi. Shuningdek, bu yil sentyabrda Midlotian shahrida yashovchi Kerri Edvards Virginia Lottery Powerball lotereyasidan 150 ming dollar yutib olgan edi. U raqamlarni tanlashda ChatGPT neyrotarmog‘idan maslahat olgan, ammo g‘oliblikni neyrotarmoq kafolatlamagan; tasodifiy tanlangan raqamlar esa ayni lotereya chiptasida g‘alaba keltirgan.
Bu voqealar lotereyaning faqat omad va tasodifga bog‘liqligini yana bir bor isbotladi va internetdagi texnologiyalar ham g‘oliblikka kafolat bermasligini ko‘rsatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!