2025 yilda 60 dan ortiq mamlakatlarda keng polosali internet narxi tahlil qilindi va soniyasiga megabit uchun to‘lovlar bo‘yicha reyting tuzildi. Ro‘yxatning birinchi o‘rnini Birlashgan Arab Amirliklari egalladi. Bu mamlakatda o‘rtacha narx soniyasiga 4,31 dollar – megabitni tashkil qiladi, bu esa internetni dunyodagi eng qimmat qilmoqda.
Shvetsariya, Keniya va Marokash ham bir soniyada bir megabit uchun bir dollardan oshib ketadigan davlatlar qatoriga kiradi. Bu mamlakatlarda internet xizmatlari nisbatan qimmat va ba’zi hollarda foydalanuvchilar yuqori to‘lovga duch keladi.
Sharqiy Yevropa davlatlarida esa narxlar keskin farq qiladi. Ruminiyada soniyasiga megabit uchun atigi 0,01 dollar, Rossiyada 0,02 dollar va Polshada 0,03 dollarni tashkil qiladi. Ushbu mamlakatlar dunyodagi eng arzon internetga ega bo‘lib, tezkor va qulay tarmoqlarni taqdim etadi.
Osiyoning bir qator mamlakatlari, jumladan Vetnam, Xitoy va Janubiy Koreyada ham internet tez va arzon. Ba’zan soniyasiga megabit uchun to‘lov 0,05 dollarga teng bo‘lib, foydalanuvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari nisbatan arzon internetga ega bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu yerda soniyasiga megabit uchun o‘rtacha 0,08 dollar to‘lanadi. Shu bilan birga, boshqa rivojlangan davlatlar – Fransiya, Yaponiya va Germaniya ham jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan pastroqda joylashgan. Bu mamlakatlarda soniyasiga megabit uchun narx taxminan 0,42 dollarni tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!